Amerika Ovozi xalqaro teleradio tizimi muxbiri Navbahor Imomova Kun.uz tahririyati mehmoni bölgani haqida xabar berilgan edi. Sayt muxbiri Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan yagona amerikalik jurnalistga savollar bilan murojaat qildi. Suhbat Amerikadagi turmuş, zamonaviy jurnalistika va axborot xavfsizligi kabi turli mavzular atrofida keçdi.

«Hozirgi xulosam şundan iboratki, aslida Özbekistonda islohotlar boşlanganiga ikki yil bölgani yöq. Özbekistonda rahbar özgarganiga ikki yil böldi, lekin real islohot boşlanganiga balki bir yil bölgandir. Taşqi siyosatda esa 2017 yilning sentabr oyidan özgarişlar bölayotgani sezilgan. Öşanda Prezident Şavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasi minbaridan turib, özining asosiy maqsadlarini tuşuntira oldi», - deydi Navbahor Imomova.

«Albatta, Özbekiston hukumatidan köp narsa kutilyapti. Hukumat qattiq bosim ostida. Taşqi munosabatlarni tahlil qiladigan bölsak, ular xohlayotgan barça işlar ham amalga oşavermayapti. Investitsiyalar kutilgan miqdorda kirib kelmayapti.

Taşqi dunyo esa bölayotgan islohotlarning qançalik real ekanligini kuzatmoqda. Özbekiston ham öz maqsadlarini oldingiga qaraganda yaxşiroq tuşuntira olyapti, lekin dunyo bilan axborot almaşiş, boğlaniş bobida oqsamoqda. Özbekistondagi islohotlar jarayonini tuşuntirib beruvçi informatsion siyosat hali şakllanmagan», – deydi jurnalist.

Navbahor Imomova bilan suhbatning töliq şaklini YouTube va Mover`dagi sahifalarimizda tomoşa qilişingiz mumkin.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)