Kun.uz’da navbatdagi intervyu mavzusi Özbekistonda jurnalist va blogerlar bilan sodir bölayotgan qator xavotirli, tuşunarsiz holatlar haqida böldi: ba’zi blogerlarning faoliyatini yakunlagani, ayrim jurnalist va blogerlarning qamalayotgani va yana ayrimlarining ustidan sud işlari davom etayotgani.
Bu kabi holatlar esa özi-özidan soha içidagi boşqa jurnalist va blogerlarni xavotirga solmay qöymaydi.
Tahliliy intervyu mehmonlari «Amerika ovozi» radiosi muxbiri Navbahor Imomova, Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va jamiyatşunos, siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.
— 2022 yil oxiri va joriy 2023 yilda ba’zi jurnalist va blogerlarning Jinoyat kodeksidagi qator moddalar bilan javobgarlikka tortilgani va hozir ham davom etayotgan boşqa sud işlari. Xöş, sizlar jurnalist, inson huquqi faoli va jamiyatşunos sifatida vaziyatni qanday kuzatyapsiz?
Dastlab, vaziyat sizlarga qanday körinayotgani haqida umumiyroq gaplaşsak-da, keyin aniq holatlar misolida batafsil yana gaplaşamiz.

Navbahor Imomova:
— Xavotir bilan kuzatyapman, ammo ajablanayotganim yöq. Menimça, bu vaziyat pişib yetilib kelayotgan dinamika edi. Oxirgi 3-4 yil içida har safar Özbekistonga kelganimda şu mavzuda material qilayotgan edim. Deylik, şakllana boşlagan mediabozor, qorişib ketgan blogosfera va jurnalistika, jurnalistlarning turli pozitsiyada iş qilişi (jurnalist, bloger, matbuot kotibi) kabilar. Bular Özbekistondagi mediamakon korrupsiyalaşganidan darak edi. Mediamakon korrupsiyalaşişida hukumat boşdan oyoq boş-qoş. Yangilik emas bu, sovet davridan qolgan illat.

Oxirgi vaqtlarda blogerlar biror bir muammoni hal qiliş uçun pul olişi meni xavotirga solayotgan edi. Bu yöl bilan hukumatga ham köplab bahona berayotgandi. Hukumat özini tanqid qilib, asabiga tekkanlarga çora köryapti va davom etyapti. Hukumat korrupsiyani yöqotmoqçi bölganda bunga boşidan boşqaça çora körgan bölardi, lekin faqat öziga gap taşlaganlarga çora köryapti. Endi jarayon yanayam murakkablaşadi. Özbekiston bu jarayondan ötib oliş kerak. Boşqa davlatlarda ham bunday bosqiç bölgan. Lekin bizdagi öziga xos va jinoiy elementlarga boy.
Abdurahmon Taşanov:

— Ittifoq davrida ham, mustaqillik davrida ham media mustaqilligini ta’minlaş muhiti yaratilgani yöq umuman. Sovet davrida ham, Karimov davrida ham propaganda vositasi bölib kelgan matbuot. Propaganda matbuoti qayerdan, qanday ta’minlanadi, degan savol ham qöyiş kerak. Masala juda oğir. Ya’ni hali erkin matbuot uçun birinçi qadam ham qöyilgani yöq. Jahonda matbuotning örnini hisobga oladigan bölsak ham xuddi şunday ekani körinadi. Ötiş jarayonidir hali.
Söz erkinligi tölqinsimon körinişda bizda. Bir erkinlik beriladi, bir siqiladi. Aytganimdek, hali poydevori qöyilmagan söz erkinligining. Yaqin yillar uçun ham nekbin qaraş yöq menda.
Kamoliddin Rabbimov:

— OAVning muhim sotsiologik vazifalari mavjud. Ulardan biri — davlatdagi, jamiyatdagi muammolarni yuqoriga olib çiqiş. Muammolar olib çiqilgaç, hokimiyatga nisbatan zöriqiş vektorlari şakllanadi. Mustaqil OAV heç qaçon hokimiyat uçun qulay bölmaydi. Demokratik davlatlarda jamiyat qonini yangilab turuvçi ikki omil bor: haqqoniy saylovlar va söz erkinligi. Şu ikkalasi bölsa, qolgan demokratik institutlar ham işlab ketadi.
Özbekiston siyosiy tafakkuri şundayki, xokimiyat siyosiy zöriqişni qabul qilolmayapti. OAV, blogerlar muammolarni olib çiqayotgan bölsa, ularga nisbatan salbiy qaraş şakllanyapti hokimiyatda.
Asosiy muammolardan biri jurnalist, blogerlarning moliyaviy mustaqilligi ta’minlanmagani. Buni hozirgi sud jarayonlaridan ham köriş mumkin. Har bir bölayotgan voqea-hodisalarning davlat manfaatlari uçun strategik qirrasi mavjud. Jurnalist va blogerning ovozini öçiriş mumkindir, lekin davlat bundan nimani yöqotyapti, degan savolni qöyiş kerak. Siyosatçilar avvalambor davlatning reputatsiyasini tölamasdan, şu maqsadlarga boşqaçaroq erişiş mumkinmidi, degan savolni ham qöyişi kerak edi.
Yil boşidan bir qança işlar böldi. «Kompromatuz” işini tanqidlar uçun deyiş qiyin. U davlatga nisbatan zöriqiş vektorlarini şakllantirgani yöq edi. Lekin savol paydo böladi: nega bunça uzoq vaqt jurnalist va blogerlarning xato qilişiga imkon berildi? Xatolardan ogohlantiriş tizimi işlaşi kerak edi. Köplab xatolar qilib bölgandan keyin javobgarlikka tortiş emas, profilaktika bölişi lozim edi.
● Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi — Abdusalim Abduvohidov.











