AQŞdagi Voice of America xalqaro teleradio tizimi jurnalisti Navbahor Imomova Özbekistonda bölib turibdi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan yagona amerikalik jurnalist hisoblanadigan Navbahor Imomova Özbekistonda jamiyat, jurnalistika va inson huquqlari töğrisida maqolalar va videomateriallar tayyorlab kelmoqda. Jurnalist Özbekistonga navbatdagi safari davomida özbekistonlik huquq faollari, jurnalistlar va bir guruh talabalar bilan uçraşdi, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirda qatnaşdi.
Kun.uz Navbahor Imomova bilan suhbat ötkaziş uçun uni studiyaga taklif etdi. Jurnalist Voice of America uçun Kun.uz tahririyati faoliyati haqida hikoya qiluvçi körsatuv ham tayyorlab ketişga ulgurdi
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Navbahor Imomova bilan suhbatni esa tez kunda Kun.uz saytining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatişingiz mumkin.
Ma'lumot uçun, Amerika Ovozi Vaşingtonda asos solingan xalqaro teleradio tizimi bölib, 45 tilda efirga çiqadi. 1942 yilda taşkil topgan bu axborot vositasi dunyo böylab har haftada qariyb 250 million kişiga yangilik va ma'lumot yetkazadi. Radioning özbek tilidagi körsatuv va eşittirişlarida hamda sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida nafaqat xalqaro hayot balki Özbekiston va Markaziy Osiyodagi muhim mavzular ham yoritiladi. Özbek xizmati 1950-yillar oxirida vujudga kelgan. 1972 yildan beri muntazam ravişda işlab kelayotgan bölim Vaşingtonda olti kişilik tahririyatga va Markaziy Osiyo böylab öz jamoatçi muxbirlariga ega.

Navbahor Imomova Toşkent viloyati Böstonliq tumani Qöşqörğon qişloğida ziyoli oilasida ulğaygan. Jurnalist «Amerika Manzaralari» turkumidagi ilk teledasturlar muallifi, TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrirdir. Amerika Ovozi’da 2002 yildan beri işlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda Özbekiston radiosining «Xalqaro hayot» redaksiyasida boşlagan. Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari böyiça bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQŞning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Şuningdek, Harvard Universitetidan (Harvard University) davlat boşqaruvi va yetakçilik böyiça magistrlik diplomiga ega hisoblanadi.










