«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduning agenti mijozining «Real»dan Turin klubiga ötişi jarayoni haqidagi ba'zi ma'lumotlarni oçiqladi.

«Kriştianu «Yuventus»ga ötişni istayotgani haqida menga yanvar oyidayoq aytgan edi. Öşanda men bu transfer amalga oşmasa kerak, degan fikrda edim. Lekin notöğri öylagan ekanman.

Aprel oyida Turinda bölib ötgan «Yuve»-«Real» öyinidan oldin Paratiçi va Nedved («Yuventus»ning sport direktori va vitse-prezidenti – Tribuna) bilan uçraşganman. Şundan söng Anelli («Yuventus» prezidenti) bilan körişdik. Ana şundan keyingina menda transferning imkoni borligiga işonç uyğondi. Yakunda esa muzokaralarga 2-3 oy vaqt ketdi», - degan Mendeşning sözlarini çop etdi Tuttosport.

Eslatib ötamiz, portugaliyalik hujumçining transfer qiymati 112 million yevroni taşkil etgan edi. U A Seriyada ortda qolgan 16ta turning barçasida qatnaşib, 11ta gol va 5ta golli uzatma muallifi böldi.