BMT Boş assambleyasi migratsiya haqidagi global kelişuvni qöllab-quvvatlovçi rezolyutsiyani qabul qildi va uni Marokaş kelişuvi deb ataşga qaror qildi. Uşbu rezolyutsiyaga 152 ta davlat ovoz bergan, kelişuvga qöşilmagan davlatlar – AQŞ, Vengriya, Isroil, Polşa va Çexiya unga qarşi çiqqan.   

Boş assambleya raisi Mariya Fernanda Espinosa hozirda muhojirlar muammolaridan odam savdogarlarigina foydalanayotgani, ayniqsa bu holat ayollar va bolalarga taalluqli. “Öylaymanki, kelişuv muhojirlarni himoya qiliş barobarida ularni qabul qiluvçi davlatlarni ham qöllab-quvvatlaydi. Majburiyatlarimizni aniq harakatlarga aylantiriş vaqti keldi”, deb aytgan Espinosa.   

Xavfsiz, tartibga solingan va nazorat qilinuvçi migratsiya böyiça global kelişuv 10-11 dekabrda Marokaşda ötgan BMT anjumanida ma'qullangan. Yuridik majburlovçi bölmagan bu hujjat AQŞdan taşqari, BMTga barça a'zo davlatlar bilan muvofiqlaştirib olingan. Pakt migratsiya jarayonlarining salbiy omillarini minimallaştiriş, muhojirlarni himoya qiliş va integratsiya qiliş masalalarini qamrab oladi.