Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Rossiyaning Forbes naşriga intervyu berdi. Unda tadbirkor Özbekistonga investitsiyalar haqida ham gapirib ötdi.
Avgust oyida Alişer Usmonov «Arsenal» futbol klubidagi öz uluşini 550 million funt sterlingga sotdi. Forbes muxbirining tadbirkor bu pullarni qayerga sarmoya sifatida kiritmoqçi ekani haqidagi savoliga, Usmonov Toşkentdagi Islom markaziga yönaltirganini aytdi.
«Quriliş byudjyeti mening 100 million dollarlik hissamni hisobga oladi. Bundan taşqari, bizning fondimiz orqali Özbekiston qişloqlarini rivojlantirişga ham sarflayapmiz. Jahon banki bilan Özbekiston hukumati örtasida qöşma dastur mavjud. Dastur loyihalaridan biri - qişloqlarni, şu jumladan, mening ona vatanim - Namangan şahridagi aholi punktlarini rivojlantiriş. Uşbu loyihaga jami 100 million dollar sarmoya kiritamiz.
Sport va investitsiya loyihasi ham böladi. Bu yana 100 million dollar. Kelgusi yil oxiriga qadar Özbekistonga jami 300-400 million dollar miqdorida sarmoya kiritiladi. Bu faqat ijtimoiy loyihalar böladi, boşqalarga sarmoya kiritmayman», - dedi u.












