Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlaş, naşr etiş va yuritişni taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 17 iyuldagi PQ-3861-son qarori ijrosini ta'minlaş, kamyob va yöqolib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi tarzda ösuvçi ösimliklarning turlari (kiçik turlari)ni saqlab qoliş va qayta köpaytirişni ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.

Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlaş, naşr etiş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;

Kamyob va yöqolib ketiş xavfi ostidagi hayvonlar va ösimliklarni saqlab qoliş böyiça idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Qizil kitobini  tayyorlaş, naşr etiş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Qizil kitob Özbekiston Respublikasi hududida yaşaydigan hayvonlar, yovvoyi ösimliklar va qöziqorinlar turlarining (kenja turlarining) holati, tarqalişi, kamyoblik maqomi va yöqolib ketiş xavfining maqomi va muhofaza çoralari töğrisidagi ma'lumotlar majmui hisoblanib, kamyob va yöqolib ketiş xavfi ostidagi turlarning (kenja turlarning) muhofazasi va ularni qayta tiklaş maqsadida taşkil etiladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlaş, naşr etiş va yuritiş böyiça vakolatli davlat taşkilotlari hisoblanadi:

uni naşr etişni taşkil qiliş va yuritiş böyiça  – Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etiş davlat qömitasi;

uni naşr etişga tayyorlaş böyiça  – Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.

Qizil kitobga hayvonot va ösimlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritiş (undan çiqariş) böyiça takliflar va tavsiyalarni tegişli ravişda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti işlab çiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritiş (undan çiqariş) va ularni muhofaza qiliş böyiça çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş Kamyob va yöqolib ketiş arafasida turgan hayvonlar va ösimliklarni muhofaza qiliş böyiça idoralararo komissiya tomonidan amalga oşiriladi.

Quyidagilar Qizil kitobni tayyorlaş va naşr etiş böyiça asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritiş böyiça takliflarni tayyorlaş va ularning muhokamasida iştirok etiş;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritiş (zamonaviy holati va holatining özgarişi borasidagi tendensiyalar töğrisidagi ilmiy ma'lumotlarni yiğiş va tahlil etiş bilan birgalikda);

Qizil kitobning rasmiy naşrlariga turlar  böyiça suratli ilmiy mavzular, maqolalar tayyorlaş;

Qizil kitobni naşr etişni taşkil etiş va uning rasmiy naşrlarini tarqatişni ta'minlaş.

Quyidagilar Qizil kitobni naşr qiliş böyiça asosiy tadbirlar hisoblanadi:

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritiş va undan çiqariş böyiça takliflarni körib çiqişni taşkillaştiriş;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş borasidagi davlat ekologik nazoratini amalga oşiriş;

Qizil kitobga kiritilgan turlardan (kenja turlardan) foydalaniş sohasi böyiça ruxsat beriş tusidagi hujjatlarni taqdim etiş;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat hisobini yuritişni taşkil etiş va ta'minlaş;

Qizil kitobga kiritilgan turlarning (kenja turlarning) davlat kadastrini yuritiş;

Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) populyatsiyalari va ularning holati böyiça davlat monitoringini amalga oşiriş;

Qizil kitobga kiritilgan turlarni (kenja turlarni) muhofaza qiliş, qayta tiklaş borasidagi çora-tadbirlarni işlab çiqiş, tasdiqlaş va amalga oşirişda iştirok etiş.