Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 4 ta hududda yuqori sinf öquvçilarini kasbga yönaltirişga qaratilgan loyihalarni işga tuşirdi.

Loyiha hamkori sifatida MyWay rivojlantiriş va kasbga yönaltiriş markazi qatnaşmoqda.

Yuqori sinf öquvçilarini kasbga yönaltiriş loyihasi uçun Respublikaning 4 hududidan – Toşkent şahridagi 18 va 225-sonli maktablar, Toşkent viloyati Yangiyöl şahridagi 5-sonli maktab, Jizzax şahridagi 1-sonli hamda Guliston şahridagi 11-sonli maktablardan iborat 5 ta maktab tanlab olingan. Loyiha doirasida 9-10-11-sinf öquvçilaridan jami 929 nafari iştirok etadi.

Loyihadan közlangan maqsad – kasb tanlovini özlari anglagan holda amalga oşirişlari uçun maktab öquvçilariga yordam körsatiş, bu yölda ularning individual xususiyatlariga mos psixologik tayyorgarliklarini şakllantiriş, şuningdek, bölğusi sohalarni rejalaştirişda öquvçilar omilkorligini oşiriş hisoblanadi. Kasbga yönaltiriş dasturi HP uskunasida ötkaziladigan kompyuterli test sinovi va amaliy seminardan iborat. Dastur yakuni böyiça har bir öquvçiga test natijalari hamda alohida maslahatlar beriladi.

19 dekabr kuni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev Toşkent viloyati Yangiyöl şahridagi 5-sonli umumta'lim maktabining yuqori sinf öquvçilari bilan uçraşdi. Vazir oçiq muloqot şaklida ösmirlar bilan anglaşilgan kasb tanlovining ahamiyati borasida fikrlaşib, zamonaviy mehnat bozorining muhim jihatlari haqida sözlab berdi. 

Uçraşuvda qatnaşgan “MyWay Proforientation” MÇJ direktori Vyaçeslav Kan hamkor “Gumanitar texnologiyalar” test ötkaziş markazi tomonidan taqdim etilgan kompyuterli ekspress-test sinovi maktablarda qöllaş uçun qulayligi va butun MDH böyiça köplab hududlarda muvaffaqiyatli qöllanilayotganini ta'kidlab ötdi. Test sinovidan Özbekistonning barça bolalari birdek foydalana olişi uçun kompaniya mazkur dasturni özbek tiliga ögiriş va moslaştiriş işlariga kirişgan.

Uçraşuv yakunida Şerzod Kudbiyev maktab kutubxonasiga sovğa tariqasida “yumşoq könikmalar”ni rivojlantiriş va şaxs sifatida kamol topişga kömaklaşuvçi zamonaviy kitoblar töplamini taqdim etdi.

Loyihani amalga oşiriş natijalariga köra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maktab va kollej öquvçilari orasida kasbga yönaltirişni joriy etiş böyiça tahliliy material va tavsiyalar işlab çiqiladi.