2026/2027 öquv yilidan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand va Farğona viloyatlaridagi ilğor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar şaharçalari” taşkil etiladi.
“Kasblar şaharçalari”ning asosiy vazifalari maktab öquvçilarini quriliş, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, sanoat, transport, “yaşil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yönaltirişdan iborat böladi.
“Kasblar şaharçalari”da maktab öquvçilari uçun ekskursiyalar taşkil etilib, amaliy harakatlar orqali kasblar bilan tanişiş imkoniyati yaratiladi.
Öquvçilarda muayyan kasbga qiziqiş moyilligini test va boşqa zamonaviy interfaol usullar orqali aniqlaş amaliyoti yölga qöyiladi.











