2018 yil dekabr oyida Boş prokuratura huzuridagi Inspektsiyaning Farğona viloyati, Quvasoy şahar bölimi xodimlari tomonidan “Quvadonmahsulotlari” AJga qaraşli, “B” don qabul qiliş şoxobçasida fermer xöjaliklariga uruğlik donlarni tarqatilişi yuzasidan nazorat tadbirlari ötkazildi.
Boş prokuratura huzuridagi Inspektsiyaning Kun.uz’ga xabar berişiça, tekşirişda “B” don qabul qiliş şoxobçasi mudiri B.B. “Ğalla-2019” hosili uçun Quvasoy şahrida faoliyat körsatuvçi jami 38 fermer xöjaliklariga yuk xatlari orqali jami 94,945 kg. 206 mln 410 ming sömlik uruğlik donlarni tarqatgan bölsa-da, biroq uşbu fermer xöjaliklariga uruğlik donlarni tarqatilganligini tasdiqlovçi kitobga va yuk xatlarining özida qolgan asl nusxalariga qalbaki yozuvlar kiritiş yöli bilan jami 7,475 kg, 16 mln 252 ming sömlik uruğlik donlarni qöşib yozib, özlaştiriş yöli bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Boş prokuratura byudjyet mablağlari talon-taroj qilinişiga oid yana bir holatni aniqlagandi.












