Kambağal şöxlik qilsa – jinoyat...

Oddiy odamlar (hokim yoki boşqa mansabdor bölmaganlar) ekologiyaga yetkazgan zarar uçun qanday çora körilgani haqidagi uçta holatga e’tiboringizni qaratamiz:

1) Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi “eçki voqeasi” köpçilikning yodida. Unda ekologlar eçkisi kiçik niholning bargini yegani uçun fuqaroni 1 mln 650 ming söm jarimaga tortgandi.

2) Farğona tumanida yaşovçi 62 yoşli fuqaro bundan 25 yil avval ötqazilgan, özi parvarişlab kelgan, 2 yil oldin qurişni boşlagan tol daraxtini kesgan. U kesilgan daraxtni maydalab, ötin holatiga keltirib, boğçaga bergan.

Holat yuzasidan tuman ekologiya bölimi fuqaroni BHMning 25 baravari, ya’ni 9 mln 375 ming söm jarimaga tortgan. Bundan norozi bölgan X.Q. sudga murojaat qilgan. U şikoyatida muqim daromad manbaiga ega emasligi, oilada yagona boquvçi ekani va huquqbuzarlikni qasddan sodir qilmaganini aytgan.

Jinoyat işlari böyiça Farğona tuman sudining 2025 yil 18 fevraldagi qarori bilan, fuqaroga tayinlangan jarima jazosi kamaytirilib, BHMning 3 baravariga (1 mln 125 ming söm) tuşirilgan.

3) Quva tumanida yaşovçi U.S. hokim tomonidan unga biriktirilgan yerga 600 tup pavloniya ötqazadi. Ammo ularning 140 tupi qurib qoladi. Quva tumani ekologiya bölimi esa pavloniya qurib qolgani uçun unga BHMning 10 baravari miqdorida jarima qöllaydi. Bu jarima sud qarori bilan BHMning 1 baravariga tuşirilgan. (Yuqoridagi ikkita holat böyiça sud qarorlari Kun.uz ixtiyorida mavjud).

Boy jinoyat qilsa – şöxlik

Quvasoy şahar prokuraturasining şundoqqina qarşisida yuzlab daraxtlar şahar hokimi Zafar Töraqulovning şaxsiy taşabbusi bilan “köçirib ötqaziş” bahonasida qöporib taşlandi. “Qabristonlarga köçirildi” deyilgan daraxtlarning keyingi taqdiri noma’lum.

Bu daraxtlarni boşqa joyga köçirib ötqaziş uçun ekologiya organidan rozilik olinmagan. Buni Farğona viloyati Ekologiya boşqarmasi rahbari Bahrom Jumanov ham tasdiqladi. Hokim Zafar Töraqulov esa daraxtlarni köçirişdan avval şahar ekologiya bölimidan oğzaki (!) ruxsat olinganini aytdi.