Singapurning ChemiCo kompaniyasi tomonidan kimyo fani böyiça Jahon xalqaro olimpiadasi ötkazildi.

Unda dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 193 nafar öquvçi nazariy bilimlar, ularni amaliyotda qöllaş va tahlil qiliş sohasida özlarini sinab körişdi. Olimpiadada 17ta oltin, 24ta kumuş va 43ta bronza medali egalari aniqlangan.

Uşbu xalqaro intellektual forumda Özbekiston şarafini himoya qilgan kimyo fanlari nomzodi Yelena Delyaridi rahbarligida tayyorgarlik körgan Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining bir guruh öquvçilari ğolib va sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Jaloliddin Habibullayev oltin, Mahbuba Toirova kumuş medaliga munosib topilgan bölsa, Ravşan Nosirov, Javohir Akbarov, Javohir Oxunov va Muzaffar Matmurodov bronza medaliga sazovor böldi.

Şu tariqa, özbekistonliklar jami oltita medalni qölga kiritişdi.