Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Moliya vazirligining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, şuningdek, dasturiy ta'minlaş röyxati tasdiqlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi bilan kelişgan holda, zarurat bölganda, uşbu qaror bilan tasdiqlangan röyxatga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş huquqi berildi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi bilan kelişgan holda bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun eng yaxşi takliflarini tanlaş asosida körsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta'minlaşni yetkazib berişga yetkazib beruvçilar va pudrat taşkilotlarini aniqlaydi;
tasdiqlangan röyxatga muvofiq 2018 yil 25 dekabrgaça – kompyuter texnikasi, 2019 yil 1 fevralgaça – server va kommunikatsiya uskunalari, şuningdek, dasturiy ta'minlaş – keyinçalik Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi apparatiga bepul berilgan holda belgilangan tartibda yetkazib berilişi va örnatilişini taşkil etadi.
Quyidagilar:
kompyuter texnikasini xarid qiliş va örnatişga – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamğarmasi mablağlari;
server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta'minlaşni xarid qiliş va örnatişga – Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş uçun uşbu qarorga ilovada körsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy ta'minlaş, şuningdek, unga Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan va yetkazib beruvçilar va/yoki pudratçilar tomonidan olib kiriladigan ehtiyot qismlar va butlovçi buyumlar 2019 yil 1 avgustgaça bölgan muddatda bojxona tölovlaridan ozod qilindi (bojxona yiğimlari bundan mustasno).
Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – moliya vaziri J.A.Qöçqorov va Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Ş.M.Sodiqov zimmasiga yuklandi.












