Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov, şahar hokimi Furqat Rahimov, viloyat va şaharning boşqa faollari 22 dekabr kuni viloyat markazidagi 4-oilaviy poliklinikaning yangi binosini oçib berişdi.


Oçiliş marosimida E.Turdimov mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilişga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar natijasida sönggi yillarda tub özgarişlar amalga oşirilayotganligini ta'kidlab ötdi.
Ta'kidlaş lozimki, viloyatda joriy yilning özida «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturi asosida zamon talablariga mos 17ta davolaş-profilaktika muassasalari foydalanişga topşirildi. Uşbu muassasalarning qurilişi, ularni zarur tibbiy uskunalar bilan ta'minlanişi va jihozlanişi uçun davlat byudjyetidan 12 mlrd. söm mablağ sarflandi. Şu asnoda Investitsiya dasturi asosida Samarqand şahrida 5ta davolaş-profilaktika muassasalari qurildi va bunyodkorlik işlari olib borildi. 4-oilaviy poliklinika şulardan biridir.

— Muassasamiz 1954 yili kattalar poliklinikasi sifatida iş boşlagan, — deydi tibbiyot maskani boş vraçi Tölqin Suvonov. — Muassasaning eski binosida zaruriy tibbiy xizmat uçun yetarli şaroit yöq edi. Uning quvvati ham atigi 110ta qatnovga möljallangan edi. Vaholanki, muassasamiz şahardagi 25 mahallada yaşovçi 45 ming aholiga birlamçi sanitar-tibbiy xizmat körsatardi. Yangi binoda barça imkoniyatlar muhayyo qilingan. Quvvati qariyb ikki baravarga oşib, kuniga 200 qatnov amalga oşiriş imkoniyati yaratildi.
Şuningdek, E.Turdimov şu kuni şahardagi nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarini foydalanişga topşiriş marosimlarida ham iştirok etdi.
Ulardan birinçisi Nodirabegim köçasida joylaşgan Kinder City nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi böldi. Muassasa rahbari Nilufar Dösanovaning aytişiça, mazkur bolalar boğçasida 7ta guruhda (ularning har birida 18tadan joy bor) 100dan ziyod jajji bolakaylar tarbiyalanişi mumkin. Ayni kunda boğça öz bağriga 20 nafar bolakayni qabul qilgan.



Bolalar boğçasi barça qulayliklarga ega. Zamonaviy isitiş va şamollatiş tizimi bilan ta'minlangan. Autsorsing tizimida oziq-ovqat bilan ta'minlanadi.
E.Turdimov öz tabrik sözida viloyatda ayni paytda 50ta xususiy maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyat boşlaganini ma'lum qildi. Umuman, viloyatda maktabgaça ta'lim muassasalari soni 501 tani taşkil etib, 2018 yil davomida maktabgaça yoşdagi bolalarning 25 foizi qamrab olingan.


Rizo Hoşimov köçasida joylaşgan Timur-Fayz nodavlat ta'lim muassasasi 5 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalarni öqituvçi nodavlat ta'lim muassasasi hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda 5-6 yoşdagi maktabgaça yoşda bölgan bolalar va 4ta sinf öqitilmoqda. Mazkur maktabda ingliz tili çuqurlaştirilib örgatiladi.




Ta'lim obektlarni oçgan viloyat hokimi nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim sifati birinçi öringa çiqişini alohida qayd etib, ularni barpo etgan tadbirkorlar va pedagoglarga taşakkur bildirdi.



Şuhrat Şokirjonov,
Kun.uz muxbiri











