Davlat rahbarining qaroriga muvofiq, ötgan yili Özbekistonda Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nişonlandi. Şu munosabat bilan Çokardiza qabristoni hududidagi majmuani qayta taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari boşlangan edi.
Umumiy maydoni 10,2 gektar bölgan hududda ziyoratçilar uçun yangi masjid barpo etildi. Imom Moturidiy va Burhoniddin Marğinoniy maqbaralari töliq rekonstruksiya qilindi. Majmua tarkibida alloma merosini çuqur örganişga möljallangan ilmiy markaz, kutubxona va muzey taşkil etildi.
Şavkat Mirziyoyev uşbu ilm maskanlarining ahamiyatiga alohida töxtaldi.
– Bunday ilm öçoqlarini taşkil etişdan maqsadimiz – buyuk ajdodlarimiz merosini çuqur örganiş va yoşlarimizga yetkaziş. Bizga bugun bu ilm juda kerak. Bu yerda qança yoşlarimiz Moturidiy bobomizning ming yil oldin yozgan asarlarini örganadi. U zot ming yil oldin har bir masalani çuqur ilm va aniq dalillar bilan asoslab, odamlarni jaholatdan ogohlantirganlar. Uşbu asarlarni örganiş, ularning mazmun-mohiyatini yoşlarimizga yetkaziş bugun har qaçongidan ham muhim.
Ziyoratgohning kiriş qismida peştoq, taşrif buyuruvçilar uçun mehmonxonalar va avtoturargoh barpo etildi. Majmua hududiga mahalliy hamda yurtimiz iqlimiga mos xorijiy daraxt va buta köçatlari ekildi.
Allomalar xotirasi yod etilib, Qurʼon tilovat qilindi.
Davlat rahbari majmuaga kelgan inson Imom Moturidiyning ilmiy-maʼnaviy merosi va islom olamidagi örni haqida tasavvurga ega bölişi kerakligini taʼkidladi.
– Bunday buyuk qadamjolarni obod qiliş zamirida katta maʼnaviyat, maʼrifat, taʼlim va ilm bor. Odamlar bu yerga kelib, nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, özligini anglasin, – dedi Şavkat Mirziyoyev.








