«Real» yarimhimoyaçi Luka Modriçni «Inter»ga qöyib yuboriş böyiça muzokara boşlaşga tayyor, deb xabar tarqatdi Don Balon.

Naşr ma'lumotiga köra, Madrid klubi Modriçni neapolliklar himoyaçisi Milan Şkrinyar va hujumçi Mauro Ikardiga ayirboşlaş ustida boş qotirmoqda. «Real», şuningdek, transferga 22 yoşli yarimhimoyaçisi Daniel Sebalosni ham qöşib, ustiga yana 25 mln yevro tölaşga rozi.

Avvalroq «Inter» yanvarda Luka Modriçni qölga kiritişga yana bir bor urinib körişi ma'lum bölgandi. Ötgan yozda klublar transfer summasi masalasida kelişa olişmagan edi.

Bu yil FIFA talqini böyiça jahonning eng yaxşi futbolçisi va «Oltin töp» sohibi bölgan Modriç «Real»ga 2012 yilda «Tottenhem»dan kelib qöşilgan. U La Ligada bu mavsum 16 öyinda qatnaşib, 2ta samarali pas muallifi böldi.