Dubay hukmdorining qizi Latifa binti Muhammad Al-Maqtum saroydan qoçişga urinişidan keyin ilk bor suratga olindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
BAAning WAM axborot agentligi 24 dekabrda malika Dubayda oilasi bilan birga yaşayotgani haqida hukumat bayonotini e'lon qilgan. Malika 15 dekabrda BMTning inson huquqlari böyiça sobiq oliy komissari Meri Robinson bilan uçraşgan. Axborot agentligi malika va Robinsonning birga tuşgan suratini e'lon qilgan.
Dekabr boşida malikaning saroydan qoçişga uringani ma'lum qilingandi. Mart oyida u dugonasi yordamida avtomobilda qöşni Ummonga çiqib ketgan. U yerda dugonalar gidrosiklga ötirib, ularni neytral suvlarda kutib turgan şeriklari yaxtasiga yetib olişgan. Yaxta deyarli Hindiston sohillariga yetib qolganda, unga harbiylar yetib olib, malikani özlari bilan olib ketişgan.
Öşandan beri malika haqida heç narsa ma'lum bölmagan. Inson huquqlari böyiça taşkilot qizning taqdiridan xavotir bildirgan. Qiz qoçişi oldidan video yozib, unda mamlakatida özi istagança yaşaşga yöl berişmayotganidan şikoyat qilgan.












