2019 yilda AQŞ prezidenti Donald Trampni impiçment jarayoni kutib turgan bölişi mumkin. Bu haqda CNBC ekspertlar fikriga asosan xabar bermoqda.

Xususan, sarmoyadorlar va korxonalar 2019 yilda kutilayotgan xatarlarga tayyorgarlik körmoqda. Ular orasida: Federal zaxira tizimi foiz stavkalari oşişi va AQŞ hamda Xitoy örtasidagi savdo munosabatlarida keskinlikning kuçayişi. Biroq, kelgusi yilning muhim xavflaridan biri biznes tomonidan e'tiborga olinmayapti - AQŞ prezidenti Donald Trampning ehtimoliy impiçmenti.

Trampning impiçmenti - 2019 yildagi «katta xavf», deya hisoblaydi Singapurdagi Amerika savdo palatasi boşqaruvi a'zosi Stiv Okun.

«Vaşingtonda «şatdaun» yuzaga kelişi mumkin, sababi prezident bundan boşqa heç narsaga e'tibor qarata olmay qoladi. Mening fikrimça, bu 2019 yil uçun katta xavf», - deya qöşimça qilib ötdi Okun.

Biroq, impiçment lavozimdan töliq çetlatişni anglatmaydi, deya ta'kidlanadi materialda. Xususan, yanvardan boşlab vakillar palatasini nazorat qiladigan demokratik köpçilik fuqaro, jumladan, AQŞ prezidentiga impiçmentga olib kelişi mumkin bölgan jinoyat böyiça ayblov qöyişi ehtimoldan yiroq emas. Şundan söng uşbu masala senat tomonidan körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq CNN Tramp jiddiy xavotirga tuşib qolgani haqida ma'lum qilgandi.