Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturi ham bor.

Dasturga köra, yangi tahrirda “Raqobat töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi. Qonun loyihasi:

  • davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartiriş maqsadida tabiiy monopoliya sohalari röyxatini keskin qayta körib çiqiş;
  • monopoliyaga qarşi kuraşiş mexanizmini takomillaştiriş;
  • monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub'yektlariga nisbatan tegişli çoralarni köriş;
  • intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarşi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta'minlaş;
  • axborot tizimlari bozorini tartibga soliş xususiyatlarini nazarda tutadi.

Qonun loyihasini qabul qiliş tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solişni kuçaytiriş, qonun buziliş holati uçun tabiiy monopoliya sub'yektlarining javobgarligini oşiriş, şuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solişni ta'minlaş imkonini beradi.

Qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça mas'ul ijroçilar - Davlat raqobat qömitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi.

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2019 yil noyabr, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2019 yil dekabr.