Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” respublika tanlovini ötkaziş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbek milliy maqom san'ati markazining “Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” respublika tanlovini 2018 yildan boşlab har yili bir marotaba ötkazilişi töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.
Şuningdek, “Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” respublika tanlovining Taşkiliy qömitasi;
“Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” respublika tanlovining Nizomi tasdiqlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi (Abdullayev)ga:
respublika tanlovini ötkaziş böyiça barça taşkiliy va ijodiy işlarni muvofiqlaştiriş;
respublika tanlovi ğoliblarini aniqlaş maqsadida maqom san'ati ustalari (bastakor, musiqaşunos, şoir, xonanda va sozandalar)dan iborat respublika komissiyasini tuziş va tasdiqlaş;
respublika tanlovi sovrindorlariga beriladigan diplom, sertifikat va statuetka namunalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
respublika tanlovini yuqori saviyada ötkaziş uçun taniqli san'atkorlar, maqom ustalari, bastakorlar, malakali mutaxassislarni jalb etiş vazifalari yuklatiladi.
Belgilab quyilişiça:
respublika tanloviga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş bilan boğliq barça xarajatlar, şuningdek, ğoliblarni pul mukofotlari bilan taqdirlaş Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni ötkaziş uçun har yili nazarda tutiladigan byudjyet mablağlari doirasida amalga oşiriladi.
Nizomga köra, tanlov maqom yöllarida ijod qilib kelayotgan bastakorlar, maqom san'ati ijodkorlari tomonidan yaratilgan yangi asarlarni izlab topiş, maqom ijroçilari uçun keng imkoniyat yaratiş, maqom san'atini yanada ommalaştiriş va tarğib etiş maqsadida Respublika miqyosida ötkaziladi.
Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari
Maqom san'atini milliy an'analar asosida yanada rivojlantiriş, maqom ijodiyotini maqom ijroçiligi namoyandalari ijro va ijod an'analari asosida qayta şakllantiriş, zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an'analariga singdiriş va maqomlarining zamonaviy namunalarini yaratiş, maqom yönalişida ijod qilib kelayotgan bastakorlarni kaşf etiş.
Şuningdek:
maqom yönalişlari böyiça ijod qilib kelayotgan bastakorlar uçun ijodiy muhit yaratiş;
maqom san'ati böyiça yangi asarlar yaratiş jarayonlariga san'atkorlar va sohaning yetuk mutaxassislarini jalb etiş;
maqom ijro uslubida yaratilgan asarlar kölamini yanada kengaytiriş;
yoş maqom san'ati ijodkorlarini izlab topiş;
maqom yöllarida ijod etayotgan san'atkor va bastakorlarni rağbatlantiriş.
Tanlov Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi bilan hamkorlikda maqom yöllarida ijod qilib kelayotgan bastakorlar örtasida har yili bir marotaba Respublika miqyosida ötkaziladi.
Tanlovda maqom yöllarida ijod etayotgan bastakorlar hamda musiqa san'ati ijodkorlari (sozanda, xonanda va boşqa musiqa ijroçiligi mutaxassislari) maqom yöllarida yaratgan asarlari (kuy, aşula) bilan iştirok etiş huquqiga ega.
Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan nomzodlar tomonidan tanlov ötadigan yilning 30 noyabriga qadar Özbek milliy maqom san'ati markaziga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- yaratgan asari (asar matni va nota materiali) ikki nusxada;
- asarning ijro etilgan (magnit tasmasi yoki mini, CD diskka yozilgan) namunasi;
- nomzodning 10 x 15 ölçovdagi uçta rangli fotosurati;
- nomzodning tanlovda iştirok etişi böyiça arizasi
- nomzodning pasport nusxasi;
- nomzodning ma'lumotnomasi.
Tanlov ğoliblari (asarlar) ikkita yönaliş (aşula va musiqa) böyiça aniqlanadi hamda asarlar (mualliflar) maxsus diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov ğoliblari quyidagiça rağbatlantiriladi:
I örin – eng kam iş haqining 50 barobari miqdorida pul mablağlari, tanlovning I darajali diplomi hamda statuetka;
II örin – eng kam iş haqining 40 barobari miqdorida pul mablağlari hamda II darajali diplomi;
III örin – eng kam iş haqining 30 barobari miqdorida pul mablağlari hamda III darajali diplomi bilan taqdirlanadi.
Tanlov iştirokçilariga Komissiya tavsiyasiga köra “Maqom yöllarida yaratilgan eng yaxşi asar” respublika tanlovi sertifikati yoki faxriy yorliqlar beriladi.












