«Özbekenergo» AJ aholining elektr energiyasi ta'minotidagi qisqa muddatli uzilişlar böyiça izoh berdi.
«Mamlakatimizning olis hududlari böylab elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilişlar uçrab turayotgani sir emas. Bu haqda murojaat va e'tirozlarni turli ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlari orqali öqib turibmiz. E'tibor beradigan bölsak, bunday uzilişlar va avariyaviy öçişlar har yili kuz-qiş mavsumiga ötiş davrida takrorlanib turadi. Albatta, buning öziga yaraşa sabablari bor.
Mamlakatimizdagi hozirgi vaqtda iş faoliyatida bölgan energetika qurilmalari ötgan asrning örtalarida işga tuşirilgan bölib, ularning deyarli 67 foizi eskirgan. Qolaversa, mamlakatimizdagi mavjud elektrostansiyalar ham ötgan asrning 50-60 yillarida barpo etilgan bölib, ularning aksariyatida quvvatlar allaqaçon muddatini ötab bölgan. Eng yangisi hisoblangan Taxiatoş IESning ham foydalanişga topşirilganiga 27 yildan oşdi. Qolaversa, aholi soni ortib, hududlarda yangi uylar köpayişi natijasida transformatordan 1,5-2 kilometrgaça uzunlikdagi elektr simlari tortilayotgani tufayli oxirgi istemolçilarimizga uzatilayotgan elektr energiyaning quvvati 220 voltga yetmayapti. Transformatorlar 600-800 metrgaça bölgan hududdagi istemolçilarga 220 voltni yetkaza oladi. Buning ustiga aholining elektr energiyaga bölgan ehtiyoji ham yildan yilga oşib bormoqda. Masalan, 2017 yilda iste'molçilarga 47,4 milliard kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bölsa, 2018 yilda esa uşbu körsatkiç 50,7 milliard kVt soatni taşkil etişi kutilmoqda.
Qolaversa, aholi tomonidan bitta fazadan boşqa fazaga özboşimçalik bilan ulanişi va yuklamalarning bitta fazadan ikkinçi fazaga ötkazilişi ayrim joylardagi, ayniqsa, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida elektr kuçlanişi pasayişiga, ya'ni me'yordagi 220 voltdan tuşib ketişiga sabab bölyapti. Ta'mirlaş va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlaş işlari olib borilişiga qaramasdan ma'lum vaqt ötgaç aholi yana özboşimçalik bilan bir fazadan boşqa fazaga ötib olişi, bundan taşqari, yakka tartibda qurilayotgan köplab uylarning egalari tomonidan faqat bitta faza orqali ulanişi ham ortiqça yuklamalarni yuzaga keltirib, qisqa muddatli uzilişlarga sabab bölmoqda.
Şu bois hududiy elektr tarmoqlari tomonidan aholining murojaatlari böyiça uşbu holatlarni bartaraf etiş, ta'mirlaş va yuklamalarni fazalararo teng taqsimlaş orqali kuçlanişni me'yorga keltiriş işlari olib borilmoqda.
Şu örinda Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 23 oktyabrda imzolangan «Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorining qabul qilinişi bu boradagi muammolarni hal etişda muhim omil bölmoqda. Çunki uşbu hujjatga köra, elektr energiyasi sohasida mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş va yangilarini işga tuşiriş böyiça loyiha qiymati 2,6 milliard AQŞ dollari bölgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7ta investitsiya loyihalarini amalga oşiriş belgilandi. Şuningdek, jalb qilinadigan kreditlar va «Özbekenergo» AJning öz mablağlari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr bölgan yangi elektr tarmoqlarini quriş va mavjudlarini rekonstruksiya qiliş, 2500ta transformator punktini örnatiş va modernizatsiya qiliş loyihalarini amalga oşiriş işlari boşlandi.
Bundan taşqari, «Özbekenergo» AJ tomonidan «Obod qişloq» hamda «Obod mahalla» davlat dasturlari asosida öz mablağlari va xorijiy investitsiyalar orqali butun mamlakatimiz böylab rekonstruksiya va modernizatsiya işlari ham jadal amalga oşirilmoqda.
Umuman olganda, olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholining elektr energiyasi ta'minotidagi qisqa muddatli uzilişlarga barham beriş borasida tizimli çoralar körilmoqda», deyiladi «Özbekenergo» AJ matbuot xizmatining Kun.uz tahririyatiga yöllagan xatida.












