«Bunyodkor» stadioni qarzdorlik sabab 4-sentabr kuni elektr taʼminotidan töliq uzildi. Ofisi mazkur stadionda joylaşgan Özbekiston Professional futbol ligasi «svet» yöqligi sababli vaqtinça masofadan işlaşga ötganini maʼlum qildi.
«Mazkur holat Superliga va Proliga uçraşuvlarining translyatsiya jarayoni hamda internet translyatsiyalarini taqdim etişda sifatning pasayişiga olib kelmoqda. Maʼlumki, rasmiy uçraşuvlar davomida liga translyatsiya signallarini özida qabul qilib, markazlaştirilgan tartibda ularni turli platformalar orqali qayta uzatiş işlarini amalga oşiradi. Biroq stadiondagi elektr energiyasi bilan yuzaga kelgan muammo sababli liga serverlari töliq nofaol holatga keldi. Şundan kelib çiqib, Liga uçraşuvlardan signallarni qayta uzatişda taşqi serverlardan foydalanmoqda. Liga bilan boğliq yumuşi bölgan taşkilotlar va jismoniy şaxslardan murojaatlarni [email protected] elektron poçtasi orqali yuborişlari söraladi», deyiladi PFL xabarida.
Maʼlumot uçun, yil boşidan beri «Bunyodkor» klubida jiddiy moliyaviy muammolar kuzatilyapti. Aprel oyida ham kommunal tölovlardan qarzdorlik sabab «Bunyodkor» stadioni va akademiyasi issiq va sovuq suv, şuningdek, elektrdan uzib qöyilgandi.








