Qozoğiston Mudofaa işlari va aerokosmik sanoati vazirligi rahbari lavozimida işlagan Beybut Atamqulov mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev qaroriga asosan Taşqi işlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda rasmiy Ostona xabar bergan.

Foto: tengrinews.kz
Şu paytgaça Qozoğiston Taşqi işlar vazirligini boşqarib kelayotgan Qayrat Abdrahmonov esa boşqa işga ötişi munosabati bilan işdan böşatilgan. Mudofaa işlari va aerokosmik sanoati vazirligiga esa Askar Jumağaliyev vazir etib tayinlandi. U bir vaqtning özida Boş vazir örinbosari maqomini saqlab qoladi.

Foto Turar Kazangapov
Jumağaliyev bunga qadar «Qazatomsanoat» MAK AJ boşqaruv raisi lavozimida işlagandi.
Şuningdek, Investitsiyalar va rivojlaniş vazirligidan qayta taşkil etilgan Industriya va infratuzilmalarni rivojlantiriş vazirligiga ham rahbar tayinlandi. Endilikda yangi taşkil etilgan vazirlikni, avval ham vazir lavozimida işlagan Jyenis Qosimbek boşqaradi.













