Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga murojaatida yakunlanayotgan yilda erişilgan boş yutuqlarni ma'lum qildi. 

Rahmonning fikriça, Tojikistonning 12 oydagi asosiy yutuqlari mamlakatning suv böyiça taşabbuslarining BMTda qöllab-quvvatlanişi, Roğun GESi birinçi agregatining işga tuşirilişi va Özbekiston bilan munosabatlarning yaxşilanişi hisoblanadi.

Rahmon Roğun GESi birinçi agregatining işga tuşirilişini hukumatning mamlakat energetik mustaqilligiga erişişdagi “qat'iy qadami” deb atadi. 

Rahmonning fikriça, yakunlanayotgan yildagi yana bir tarixiy voqea Özbekiston bilan munosabatlarning normallaştirilişi hisoblanadi. Murojaatda ta'kidlanişiça, ikki davlat örtasidagi viza tartibining soddalaştirilişidan 2,5 mln kişi foydalangan.

Şuningdek, ikki davlat örtasidagi tovarlar aylanmasi ösgani qayd qilib ötilgan.

Rahmon yil yakunlariga köra YaIM ösişi 7,3 foizni, inflyatsiya darajasi esa 5,4 foizni taşkil qilişini aytib ötdi.

Hujjatda aytilişiça, 2023 yilga kelib Tojikiston aholisi soni 10 mlndan oşadi. Şu sababli mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarilişi hajmi oşirilişi zarurligi ta'kidlab ötilgan.