«Arsenal» boş murabbiyi Unai Emeri «Liverpul»ga qarşi bugun bölib ötadigan öyin oldidan raqib hujumçisi Muhammad Saloh borasida bir faktni aytib ötdi. Uning sözlariga köra, 2016-2018 yillarda «PSJ»ni boşqargan davrida misrlik hujumçi transferi masalasi kun tartibida bölgan.

«Biz Salohni «PSJ»ga olib keliş masalasini muhokama qilgandik. Öşa paytda u «Roma» öyinçisi edi.

Bizda unga nisbatan biroz işonçsizlik bor edi. Keyin u «Liverpul» bilan şartnoma tuzdi va şu jamoada barça şubha-gumonlarga barham berdi. Hozir jahonning eng yaxşi beş futbolçisini sanasak, Saloh – ulardan biri.

Foto: Getty Images

Salohga nega işonçsizlik bilan qaragan edik? Çunki u «PSJ»dek katta klubda öynab keta olarmikan, deb öylaganmiz» – deya aytib ötgan Emerining sözlarini keltirdi Sky Sports.

Eslatib ötamiz, 26 yoşli Muhammad Saloh 2017 yilning yozida «qizillar» safiga ötgan, uning rimliklardan transferi qiymati 42-50 mln yevro atrofida bölgandi.

«Liverpul»–«Arsenal» uçraşuvi bugun Toşkent vaqti bilan soat 22:30da boşlanadi.