Muhammad Saloh faoliyatini «Trabzonspor»da davom ettiradi. Va bu yozning eng kutilmagan transferlaridan biri böldi.

Misrlik hujumçi «Liverpul»ni tark etişi bahordayoq aniq bölganida, unga dastlab Saudiya Arabistoni klublari da’vogarlik qilgandi. Keyin esa Salohni Turkiya bilan – birinçi navbatda Istanbul grandlari bilan boğlay boşlaşdi. Ammo sönggi pallada Qora dengiz sohilidagi klub barçadan ildamlik qildi.

Saloh Istanbulga «Trabzonspor» futbolkasida taşrif buyurdi, aeroportda uni yuzlab muxlislar kutib oldi. Tibbiy körikdan keyin futbolçi Trabzonga yöl oldi, bu yerda payşanba kuni u bilan şartnoma imzolaş marosimi bölib ötadi. Katta ehtimol bilan, endi u 11-raqam örniga 61-raqamli futbolkada töp suradi – bu Trabzon şahri kodi bölib, mahalliy muxlislar uçun muhim raqam hisoblanadi.

Turkiya futbolini kuzatmaydiganlarni bu tanlov ajablantirdi. U Turkiyaga yöl olişini kutganlar köp edi, ammo u muntazam ravişda çempionlik uçun kuraşadigan Istanbul grandlaridan birining safiga ötişi taxmin qilinayotgandi. Va çindan ham Saloh «Beşiktoş»ga ötişga yaqin turgandi.

«Beşiktoş» varianti moliyaviy şartlar tufayli öxşamadi

Istanbulliklar klubi misrlik hujumçining vakillari bilan bir neça bor uçraşuv ötkazgan, beIN Spors ma’lumotiga köra, unga yiliga 15 million yevrolik maoş kafolatlangan ikki yillik şartnoma taklif qilingan. Şuningdek, bonuslar körinişida yana tört million yevro va’da qilingan. Imij huquqlari evaziga futbolçining yillik daromadi 19-20 million yevro atrofida bölişi kerak edi.

Muzokaralar iyul oyi oxirida boşi berk köçaga kirib qolgan. Bunda agentlik komissiyasi, imij huquqlari va Saloh nomi bilan sotiladigan mahsulotlardan uluş böyiça muammo çiqqan. Futbolçining agenti Rami Abbos 7,5 million yevro söragan. «Beşiktoş» bu summani pasaytirişga harakat qilgan, ammo tomonlar murosaga kela olmagan. Şunda vaziyatga «Trabzonspor» aralaşgan.

Insayder Yağiz Sabunçiöğlining ma’lumotiga köra, uşbu klub Salohga yiliga 17 million yevro maoş tölaşni közda tutuvçi ikki yillik şartnoma taklif qilgan. Turkiyadagi naşrlar beş million yevrolik bonus hamda futbolkalar sotuvidan 20 foizlik uluş ham va’da qilingani haqida yozişgan.

Taklif etilgan summalarga qaraganda, moliyaviy omil Salohning qarorida hal qiluvçi rolni öynagan.

«Liverpul»ni afsona sifatida tark etdi