2018 yil davomida sport olamida qator muhim voqealar yuz berdi. Ikki superyulduz - futbolçi Kriştianu Ronaldu va basketbolçi Lebron Jyeyms öz klublarini özgartirişdi. MMAning boş qahramonlari - Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov örtasida katta jang bölib ötdi. Forbes 2018 yildagi bu va boşqa voqealar röyxatini tuzdi.
Futbol böyiça jahon çempionati

Musobaqa taşkilotçilarining hisob-kitoblariga köra, Rossiyada futbol böyiça jahon çempionatining ötkazilişi mamlakat YaIM uçun keyingi beş yillikka 952 mlrd rubl miqdorida iqtisodiy samara beradi. Bundan taşqari, keyingi beş yil davomida ham yiliga 150-200 mlrd rubl miqdorida iqtisodiyotga ijobiy ta'sir körsatadi. Ma'lumot berilişiça, çempionatga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş uçun 688 mlrd rubl sarflangan. Mamlakat 12ta zamonaviy stadion, 12ta modernizatsiya qilingan va bitta yangi aeroport, bir neçta metro stansiyalariga ega böldi.
Ronalduning transferi

Transfermarkt.com saytining ma'lumotiga köra, Turinning «Yuventus» jamoasi Kriştianu Ronaldu uçun «Real»ga 117 mln yevro töladi va klub tarixidagi transfer rekordi qayd etildi. 33 yoşli futbolçi 2021/22 yilgaça şartnoma tuzdi va yiliga 56 mln yevro maoş oladi. Ammo Italiyadagi yuqori soliq stavkalari e'tiborga olinsa, Ronalduning sof daromadi 30 mln yevroni taşkil etadi.
Lebron Jyeymsning «Los-Anjyeles Leykers»ga ötişi

Lebron Jyeymsning «Los-Anjyeles Leykers» tarkibida tört yil davomida oladigan maoşi 154 mln dollarni taşkil etadi. 2018 yil yozida MBA yulduzining «Klivlend Kavalers» bilan tuzgan şartnomasi nihoyasiga yetdi. Erkin agentga aylangan Lebron özi istagan klubni tanlaşi, «Klivlend» esa unga 205 million dollarni taşkil etuvçi 5 yillik şartnoma taklif qilişi mumkin edi. Ammo Jyeyms Los-Anjyelesga ötişga qaror qildi.
Lyuis Xemiltonning Mercedes bilan yangi şartnomasi

Britaniyalik Lyuis Xemilton «Mersedes»da ötkazadigan ikki mavsumi davomida 100 mln dollarga işlaydi. Tomonlar 2013 yilda boşlangan şartnomani uzaytiriş töğrisidagi kelişuvni Germaniyadagi Gran-pri arafasida imzolaşdi. Yangi şartnomaga köra, britaniyalik poygaçining minimal yillik maoşi 30 mln dollarni taşkil etadi, bonuslar bilan birga u yiliga 50 mln dollargaça daromad topadi.
MBA va MGM Resort International örtasidagi şartnoma

$25 mln, ESPN ma'lumotiga köra, MBA MGM Resort International (butun dunyodagi köplab kurort va kazinolar operatori) bilan tuzgan uç yillik kelişuvi doirasida 25 mln dollar daromad topişni közda tutmoqda. Oktabr oyida MGM MXL bilan ham hamkorlik töğrisida şartnoma imzoladi.
Aleksandr Golovinning transferi

TsSKA va Rossiya terma jamoasi yarim himoyaçisining transferi «Monako»ga 30 mln yevroga tuşdi. Şu paytgaça heç bir rossiyalik futbolçi uçun bu darajada pul tölanmagan. Avvalgi rekord 2009 yilda qayd etilgan bölib, öşanda TsSKA futbolçisi Yuriy Jirkov 21 mln yevro evaziga «Çelsi»ga ötgan. Golovin 22 yoşda bölib, tezkor va mahoratli öyinçi, u 2017/18 yilgi yevrokuboklar va jahon çempionatida özini körsata olgan.
Alişer Usmonovning «Arsenal» aksiyalarini sotişi

Amerikalik milliarder Sten Kronke Alişer Usmonovning «Arsenal»dagi 30 foizlik aksiyalar paketini sotib oliş uçun 550 mln funt sterling töladi. «Arsenal»dagi aksiyalarini sotib yuborgan Usmonov futboldan ketmasligini va boşqa klublarga investitsiya kiritiş masalasini körib çiqayotganligini bildirdi.
Nurmagomedov va Makgregor örtasidagi jang

UFC Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor örtasidagi jang translatsiyasi sotuvidan 144 mln dollar işladi — bu MMA uçun rekord raqam hisoblanadi. Çipta sotuvidan 17,2 mln dollar tuşdi — bu 2016 yilda «Medison Skver Garden»da Makgregor va Eddi Alvares örtasidagi jangdan keyingi ikkinçi natija hisoblanadi. Habib çempionlik unvonini himoya qildi va Rossiyadagi eng köp pul tölanuvçi jangçiga aylandi.
Saul Alvares va DAZN örtasidagi şartnoma

Meksikalik boksçi Saul Alvares sport mavzusida striming xizmatini körsatuvçi DAZN kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomaga köra 365 mln dollar oladi. Şartnoma 5 yil va 11 jangga möljallangan. 2018 yil sentyabrida Gennadiy Golovkin ustidan qozongan ğalabasi uçun 50 mln dollar olgan Alvares yangi şartnoma tufayli yiliga 120 mln dollarga yaqin pul topişi va 2019 yilda eng serdaromad sportçilar röyxatini boşqarişi mumkin.
UYeFA va Alipay örtasidagi şartnoma

Ekspertlarning baholaşlariça, UYeFA va Alipay tölov platformasi örtasidagi 8 yillik şartnoma 200 mln dollarga teng. Jyek Ma kompaniyasi Yevropa terma jamoalari iştirokidagi musobaqalar, Yevro-2020 va Yevro-2024ning global hamkori maqomini oldi. Bundan taşqari, terma jamoalarning UYeFA şafeligidagi musobaqalari bölib ötadigan barça maydonlarda tölov uçun Alipay qabul qilinadi. Alipay elektron hamyoniga ega xitoyliklar uçun (tizimda 700 mln foydalanuvçi bor) Yevropa böylab sayohat qiliş osonlaşadi.










