
Artel kompaniyasi barça özbekistonliklarni kirib kelayotgan yangi 2019 yil bilan çin dildan muborakbod etadi.
Artel kompaniyasi kirib kelayotgan Yangi yil barçangizga yangi zafarlar, yangi ğoyalar, köpdan köp baxt-quvonçga töla onlar va yoqimli taassurotlar olib kelişini tilaydi. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi. Xonadoningizdan qut-baraka, tökin-soçinlik, yuzingizdan esa tabassum heç qaçon arimasin.
Yangi kirib kelayotgan 2019 yil özgaça, ajoyib bölişiga işonamiz. Mukammallik mutlaq böla olmagani kabi, şinamlik ham nisbiydir. Aynan şu tufayli Artel kompaniyasining mutaxassislari yanada sifatli va texnologik maişiy texnika işlab çiqariş uçun bor imkoniyatlarini işlatişmoqda.

Aziz döstlar, bizga bölgan işonçingiz bizni doimo oldinga intilişga undaydi. Siz uçun qulaylik yaratiş, işlatganda quvonç baxş etadigan maişiy texnika yaratiş biz uçun eng oliy baxtdir. Xonadoningiz körkini, şinamligini, oilangiz farovonligini bizning maişiy texnikaga işonib topşirganingiz uçun sizga mingdan-ming rahmat.
Kirib kelayotgan 2019 yil barçangizga baxt va şodlik baxş etsin. Qalbingizdan quvonç, dasturxoningizdan qut-baraka, oilangizdan şod-u xurramlik aslo arimasin. Yangi yilingiz muborak!










