Oçiq muloqot: Maişiy texnikaçilar va Otabek Bakirov bahsi
|02:55 / 24.01.202456 17614 min
Maişiy texnika işlab çiqaruvçi kompaniyalarga imtiyozlarning yangi paketi tasdiqlandi. Bu haqdagi tanqidlarga Artel rahbarining şaxsan özi javob berişga qaror qildi. Şu asnoda Kun.uz studiyasida bir tomondan iqtisodçi Otabek Bakirov, ikkinçi tomondan Artel boşqaruvi raisi Şohrux Röziqulov, “Texnopark” direktori Sarvar Ahadov va “Premier” brendi vakili Zafar Yusupov iştirokida jonli efirdagi qizğin bahs bölib ötdi.
Oçiq muloqot qanday yuzaga keldi?
10 yanvar kuni Özbekistonda elektrotexnika sohasidagi proteksionizmni davom ettirişga oid yangi çoralar tasdiqlandi. Bu sohadagi mahalliy kompaniyalarga soliqlar, bojxona tölovlari va kreditlar böyiça navbatdagi imtiyozlar berildi, davlat xaridlaridagi preferensiyalar ham kengaytirildi.
Bunga qöşimça tarzda, 1 fevraldan boşlab maişiy texnikalar importi böyiça yangi talab kiritilyapti. Unga köra, alyumin radiator, televizor, konditsioner, kir yuviş maşinasi kabi 18 xil turdagi import tovarlarni çetdan olib kirişda işlab çiqaruvçi kompaniyaning Özbekistonda rasmiy dileri va servis markazlari bölişi talab etiladi.
Şuningdek, hukumatning tegişli komissiyasiga elektrotexnika korxonalarini yanayam köproq qöllab-quvvatlaş böyiça çoralar köriş vakolati berildi. Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev raisligidagi bu komissiya, 2023 yil 25 dekabrdagi protokolga asosan, maişiy texnika importiga intidemping bojlarini joriy etiş, bu sohadagi mahalliy kompaniyalarga eksportda valuta kursini hedj qiliş va xomaşyo importidagi transport xarajatlarini qoplab berişni taklif qilgan.
10 yanvarda imzolangan qarorni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Özeltexsanoat” uyuşmasi bilan hamkorlikda işlab çiqqan. Qaror loyihasining ekspertiza uçun Adliya vazirligiga va kelişiş uçun Savdo-sanoat palatasiga kiritilgan variantlarida xorij brendlarining dilerlariga oid talab bölmagan. Bundan taşqari, hujjat loyihasi Özbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşida ham muhokama qilinmagan.
Raqobat qömitasi bu hujjatda raqobatga zid holatlar yöq deb hisoblaşini bildirdi. Kun.uz suhbatlaşgan iqtisodçilar, xususan Otabek Bakirov buning teskarisini ta’kidlab, yangi imtiyoz va çeklovlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kiriş harakatlariga zid ekani, sohadagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir qilişini aytdi
Mavzuga oid
. Bu intervyu e’lon qilingaç, bu sohadagi eng yirik mahalliy işlab çiqaruvçi – Artel kompaniyasi Özbekistondagi maişiy texnika işlab çiqaruvçilar nomidan murojaat
, şu mavzuda oçiq suhbat taşkil etişimizni söradi.
Şu munosabat bilan Kun.uz oçiq muloqot ötkazib, uni YouTube'da jonli efirga uzatdi. Avvaliga muloqotda iştirok etiş uçun tahririyatga uşbu bahsli qarorning mualliflaridan biri bölgan “Özeltexsanoat” raisining birinçi örinbosari Mansur Hoşimov ham kelgan edi, lekin uyuşma vakillari bu suhbatda turli işlab çiqaruvçilarning önga yaqin vakillari qatnaşişini sörab, bu sörovlari texnik sabablar va tomonlarning tengligi tamoyiliga köra rad etilgaç, muloqotda iştirok etişdan boş tortdi. Şundan keyin suhbat bir tomondan iqtisodçi Otabek Bakirov, ikkinçi tomondan Artel Electronics kompaniyasining boşqaruv raisi Şohrux Röziqulov, “Texnopark” MÇJ direktori Sarvar Ahadov va “Premier” korxonasi vakili Zafar Yusupov iştirokida bölib ötdi.
Quyida oçiq muloqotning ayrim qismlari juz’iy qisqartirişlar bilan matn şaklida keltirib ötiladi.
Şohrux Röziqulov
Şohrux Röziqulov: Minbar söraganimiz sababini hamma tuşunib turibdi. Maişiy texnika işlab çiqaruvçilarga berilgan imtiyozlar borasida 18 yanvar kuni çiqarilgan videodan keyin biz minbar söradik. Savollarimiz videoda bildirilgan fikrlar yuzasidan böladi.
Videoni körib turib, fikrlaringizning ayrimlarini tuşunmadim. Men Kun.uz'dan ham biror körsatuvni boşlaşdan oldin, savol qöyişdan oldin, ayrim narsalarni qaysidir ma’noda “tonkaya provokatsiya” bilan qöyişni sal öylab köriş kerak. [Intervyuda muxbir tomonidan] çeklovlar deb savol berilyapti. Men biror joyda çeklaş degan narsani öqiganim yöq. Prezident qarori böladimi, Vazirlar Mahkamasi qarorimi... Sizning fikrlaringizga kelsak, siz birinç bölib soğlom raqobatning buzilişi, çeklovlar ortidan taklifning kamayişi degan fikrlarni bildirdingiz, Progressiv islohotlar markazi eksperti Şohruxxöja ham öz fikrlarini bildirdilar. Buning ortidan energosamaradorlik böyiça fikrlar bildirildi.
Bunday fikrlar bizga kerak. Biz ularni tahlil qilamiz, kerakli joylarini marketing, işlab çiqarişga tatbiq etamiz. Bunaqa soğlom muloqot bölişi tarafdorimiz. Şu vaqtgaça biz biror marta minbar söramaganmiz, bu safar söradik. Siz kinoya bilan aytgan “10-30 ming işçi”, men Artel'ning özini aytyapman, bizdan söradi: “Videoda aytilgan parazit, boqimanda kim?” deb. Bu yerdagilar parazit sözining ma’nosini yaxşi biladi. Yana bularga kredit 5 foizdan berilyapti dedingiz.
Otabek Bakirov: Kredit liniyasi dedim, kredit demadim.
Şohrux Röziqulov: Men özimning va korxonamning nomidan xohlasangiz oçiqçasiga hujjatlarni körsataman. Bir neça yildirki, Artel kompaniyasining Özbekiston banklaridan heç qanaqa qarzi yöq. Biz 2018 yildan boşlab kompaniyalarni konsolidatsiya qilib, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etib, Deloitte auditidan ötkazib, Fitç'dan reyting olib, şu kompaniyalarning hisobotlari asosida bugungi kunda çet el banklaridan töğridan töğri 220 mln dollarlik qöl qöyilgan kreditim bor. Kerak paytda, öşa pulni işlataman.
Otabek Bakirov: Aniqlik kiritib keta olasizmi, xalqaro standartlar asosida tuzilgan, konsolidatsiyalaşgan va auditdan ötkazilgan hisobotingiz qayerga joylaştirilgan?
Şohrux Röziqulov: Avvalo, biz hali birorta bir oçiq moliya bozoriga çiqmaganmiz. Töğridan töğri kreditni çet el bankidan olganman, u bankda va boşqa steykholderlarda mening hisobotim bor. Va menda har yili hisobot topşiriş majburiyatim bor.
Otabek Bakirov: Oçiq manbada hisobot bormi yoki yöq?
Şohrux Röziqulov: Oçiq manbada yöq. Steykholderlarda bor.
Otabek Bakirov: Özini oçiq kompaniya deb hisoblagan kompaniyalar auditdan ötgan hisobotlarini oçiq e’lon qiladi.
Şohrux Röziqulov: Özini oçiq kompaniya deb e’lon qilgan kompaniyalar nima degani? Siz nega bilmasdan turib, bizdan söramay turib barça işlab çiqaruvçilar, xususan biz haqimizda “bular sening hisobingdan arzon kreditlarni yeb yotibdi” degan fikrni aytdingiz?
Otabek Bakirov
Otabek Bakirov: Yeb yotibdi demadim. Mening javobim özbekistonliklar uçun, işlab çiqaruvçilar uçun emas. 2018 yil 29 iyundagi hujjat bilan Özbekistonda boj tariflari tasdiqlangan. Unga köra, konditsioner, çangyutkiç, televizor, muzlatkiç, radiator, kotyollar, vodonagrevatel, gaz peçlari, duxovkalar, mikrotölqinli peç, nasoslar uçun nol foiz boj edi. Nol foiz!
2018 yildan keyin nima bölyapti? 2018 yil 21 dekabrda janob Ortiqxöjayev hokim etib tayinlanyapti. 2019 yil 4 yanvar “Eltexsanoat” taşkil etilyapti. 2019 yil 30 mayda elektrotexnika sohasidagi maişiy texnika işlab çiqaruvçilarga haddan taşqari katta preferensiyalar, budjet va budjetdan taşqari jamğarmalardan yordamlar körsatilyapti. 2019 yil 5 iyulda Artel Engineering and Management departament direktori Mirziyod Yunusov “Eltexsanoat” uyuşmasi raisi etib tayinlanyapti.
Şundan keyin nima bölyapti? Şundan keyin konditsionerlarga 30 foiz (kamida 50 dollar), çangyutkiçlar uçun 20 foiz (kamida 15 dollar) muzlatkiçlar uçun 20 foiz boj (kamida 20 dollar), TV monitorlar uçun 20 foiz boj (kamida 30 dollar), radiatorlar uçun 10 foiz boj (kilosiga kamida 0,5 dollar), kotyollar uçun 10 foiz boj, vodonagrevatellar uçun 5 foiz boj (kamida 15 dollar), gaz peçlari uçun 30 foiz boj (kamida 30 dollar), duxovka, mikrotölqinli peçlar uçun 20 foiz (kamida 20 dollar), nasoslar uçun 5 foiz boj örnatilyapti. Bu – berilgan savolga umumiy javobimning bir qismi edi.
Javobimning 2-qismi. 2019 yilgaça jismoniy şaxslar Özbekiston hududiga xorijiy davlatlardan 1 oyda 1 marta maişiy texnika olib kirişi mumkin edi. 2019 yildan boşlab 6 oyda 1 marta deb belgilandi.
Endi özingiz uçun özingiz savolga javob bering: 2019 yilgaça oçiq bölgan bozor nima uçun yopilib qoldi?
Men heç qaysi kompaniyaning nomini atab uni boqimanda deganim yöqman. Özbekistonda mahalliylaştiriş niqobi ostida özbekistonliklarni qimmat tovonga va tanlovsizlikka tuşirayotgan butun boşli sanoat tizimini boqimanda deb atadim. Birinçi savolingizga javobim şu.
Ikkinçi savolga javob: agar qarorda çeklov sözi iştilmagan bölsa, bu qaror çeklamaydi degani emas. Agar bilsangiz, oldingi davrda hatto şunaqa qarorlar ham bölardi: erkinlaştiriş deb nomlangan qarorlar çeklaş bilan boğliq bölardi. Şuning uçun qaysidir sohada iste’molni, tanlovni çeklaş bilan boğliq bölgan talablar bölsa, qaror nomida yoki biror bandida çeklaş degan söz işlatilişi şart emas, lekin mohiyat böyiça u çeklaşdan iborat böladi.
Şohrux Röziqulov: Kredit böyiça bergan savolimga javob bering.
Otabek Bakirov: Bu savolingizga javobim şunday. Özbekiston Respublikasi oxirgi marta 2023 yil 6 oktyabrda 8,125 foizdan kredit olgan. Respublika özining suveren reytingini, iqtisodiy imkoniyatlarini garovga qöyib (ertaga tölovçilar baribir Özbekiston xalqi böladi), 8,125 foizdan kredit olayotgan bölsak, nima uçun elektrotexnika sanoati uçun 5 foizdan kredit liniyasi oçib, 7 foizdan kredit berilişi kerak, degan savol qöyganman intervyuda.
Şohrux Röziqulov: Savolim boşqaça edi. Siz nega mening çet el bankidan kreditim borligini bilmasdan turib, öşa siz hamma degan joyga olib kirib ketdingiz?
Otabek Bakirov: “Özeltexsanoat”da 31 ta a’zo bor, siz barça a’zolarning kredit borasidagi ma’lumotlariga egamisiz?
Şohrux Röziqulov: Yöq, ega emasman? Siz egamisiz?
Otabek Bakirov: Men öşanda “Eltexsanoat” a’zolari haqida gapirganman.
Şohrux Röziqulov: Siz egamisiz?
Otabek Bakirov: Sizning axborotingiz oçiq emas, oçiq bölsa, ega bölardim.
Şohrux Röziqulov: Oçiq manbalarda sohadagi hamma işlab çiqaruvçilar imtiyozli kreditlardan foydalangan degan joyi bormi?
Otabek Bakirov: Qarorda “Özeltexsanoat” a’zolariga 5 foizdan kredit liniyasi oçilişi, 7 foizdan kredit berilişi yozilgan. Şu maqsadlarda Taşqi savdo vazirligi 400 mln dollar jalb qilişi masalasi ham qöyilgan. Şuning uçun savolni Artel'ga qöymadim, “Eltexsanoat” a’zolariga nega 5 foizdan kredit liniyasi oçilib, imtiyozli 7 foizlik kredit ajratilişi kerak, degan savolni qöydim. Bu mantiqli savolmi yoki mantiqsiz?
Sarvar Ahadov
Sarvar Ahadov: Men ozgina qöşimça kiritmoqçiman. Xalqaro moliyaviy taşkilotlar tomonidan yaşil energetikani rivojlantiriş maqsadida energosamaradorlik uçun har xil kredit liniyalar ajratiladi. Energosamaradorlik bilan işlaydigan mahsulotni işlab çiqarmoqçi bölsangiz, qaysidir bank şu kreditni 1 foizdan ham beradi. 5 foiz, 7 foiz deyapsiz, ularni inkor qilmaysiz-ku.
Otabek Bakirov: Men qarorda nazarda tutilgan imtiyozli kreditni aytdim, qarorni muhokama qilyapmiz biz.
Sarvar Ahadov: Biz notöğri tuşunayotgan ekanmiz. Biz siz bildirgan fikrlar yuzasidan minbar sörab keldik, biz qarorga izoh bera olmaymiz.
Siz “çeklov” deb atayotgan narsani biz “tartibga soliş” deb hisoblaymiz. Qaysi davlat bölsa ham, u Xitoy bozori böladimi, Turkiya bozori böladimi, Rossiya bozori böladimi, tartibga solinadi. Biz, masalan, 16 dona muzlatkiçni Turkiyaga olib kira olmadik. Öşa bozorda dunyoga maşhur kompaniyalar bor, turli yöllar bilan tartibga solgan. Texnik jihatdan tartibga soliş talabini yuqori qöygan yoki boşqa öyinçilar kira olmaydigan qilib qöygan. Har bitta bozor özining işlab çiqaruvçisini rivojlantirişni birinçi öringa qöyadi, eksport salohiyatini rivojlantiriş uçun tartibga soladi. Ötgan yili “Texnopark” 60 mln dollarlik eksport qildi, sohadagi korxonalarning jami eksporti esa 1 mlrd dollarga yetdi.
Otabek Bakirov: 1 mlrd dollarning içida mis ham bormi?
Sarvar Ahadov: Buni men bilmayman.
Otabek Bakirov: Eksport masalasida bir narsani aytib ketiş kerak. Bizning statistikamiz tovarlar qirqimida statistika bermaydi, agar bersa, muammolarimiz oçilib qoladi. BMTning oçiq ma’lumotlar bazasiga köra, 2023 yilning 10 oyida röyxatdagi [dilerlik talabi taalluqli bölgan] 13 ta mahsulot eksporti 186 mln dollarni taşkil etgan. Bu 2022 yilning 10 oyi bilan (209 mln dollar) soliştirganda 12,2 foizga kam. Içki bozorni qança çeklasak, içki bozordagi kompaniyalar ham raqobatbardoşligini yöqotadi.
Yana bir masala: “Özeltexsanoat” uyuşmasining jami 31 a’zosidan 15 a’zosining sayti yöq, oçiq manbalardan nima işlab çiqarişini aniqlaş qiyin. 9 ta a’zo Artel bilan affillangan, ya’ni Artel mahsulotlarini sotadi, ta’sisçisi bir. Uyuşma saytida körsatilgan 4 ta a’zo allaqaçon likvidatsiya bölib ketgan. Yöq bölsa ham saytida turibdi, bu – uyuşma köp işlab çiqaruvçilarni himoya qiladi deyiş uçun bölsa kerak.
Uyuşmaning Artel'ga aloqador bölmagan maişiy texnika işlab çiqaruvçi bir qator a’zolarida servis markazi yoki dilerlik tarmoği mavjud emas. Özbekistonda işlab çiqariladigan röyxatdagi 13 ta mahsulot böyiça servis va dilerlik tarmoğiga ega savdo belgilar esa faqat Artel va Akfa. Şuning uçun asosiy savol “Özeltexsanoat”ga edi. Uyuşma özi biladimi mahalliy suv nasoslari işlab çiqaruvçi kompaniyalardan neçtasining dilerlik markazlari bor?
Töliq suhbatni yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.