18:17 / 31.12.2018
54664

Putin zudlik bilan fojia yuz bergan Magnitogorskka yetib bordi

RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Magnitogorskka bordi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rossiya rahbari gaz portlashi oqibatida halokat sodir bo‘lgan Chelyabinsk oblastiga favqulodda uchib keldi, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, Putin Magnitogorskda fojia natijasida jabrlanganlar va oblast rahbariyati bilan uchrashadi.

Bugun, 31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tushgan. FVVning so‘nggi xabariga ko‘ra, portlash natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan, besh kishi kasalxonaga yotqizilgan, 35 kishining taqdiri noma'lum.

Top