Moskva Ukrainaning Donetsk viloyatiga taalluqli Kiyevga öt oçişni töxtatiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiyaliklar tinçlik taklifini stolga qöydi. Unga Donetsk (Ukrainaning Donetsk viloyati) kiradi. Bu ukrainaliklar qabul qila olmaydigan narsa bölişi mumkin, lekin heç kim heç qaçon bunday özgarişga erişmagan. Va bu uning (AQŞ prezidenti Donald Tramp) şaxsiyatining kuçliligi, bu mojaro va ölimni tugatişga undagan motivatsiyasidir. Va biz uruşning oxiriga yetib boryapmiz, deb öylaymiz», - dedi u.
Uitkoffning sözlariga köra, u şu hafta Nyu-Yorkda Ukraina vakillari bilan uçraşib, tinçlik kelişuvini muhokama qilişni rejalaştirmoqda. «Bu hafta ukrainaliklar bilan uçraşuv böladi. Men ular bilan şu hafta Nyu-Yorkda uçraşaman va bu katta signal. Biz har kuni rossiyaliklar bilan gaplaşyapmiz. Öylaymanki, bu (Rossiya va Ukraina prezidentlarining) ikki tomonlama uçraşuvni körişimiz bilan yakunlanişi mumkin».












