Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat bojxona qömitasining “Xalqaro poçta va kuryerlik jönatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandiga özgartiriş kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining 2000 yil 7 fevraldagi 02/20-12-son bilan tasdiqlangan Xalqaro poçta va kuryerlik jönatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandi (Eksport qiluvçilar Özbekiston Respublikasining banklaridagi öz hisobraqamlariga töliq tölov kelib tuşgandan va uşbu ma'lumotlar Taşqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan söng, eksport kontraktlari tuzmasdan internet-dökonlari orqali tovarlar, işlar va xizmatlar eksport qiliş huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) ikkinçi xatboşi (Bunda 3000 (uç ming) AQŞ dollargaça bölgan tovarlar elektron tijorat orqali Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştirmasdan, poçta xizmatlarini körsatiş qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinişi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Bunda xalqaro tölov tizimi orqali tölangan holda butunjahon Internet tarmoği orqali bitta invoys böyiça beş ming AQŞ dollarigaça tovar (xizmat)larni eksport qilişda xaridor bilan yozma şartnoma tuziş talab etilmaydi va barça yuridik va jismoniy şaxslarga Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştirmasdan amalga oşirişga ruxsat etiladi.”.

Qayd etilişiça, mazkur özgartiriş Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan kelişilgan.