Niger hukumat armiyasi quruqlikdagi va havodagi kuçlarni qöllagan holda ötkazgan katta kölamli operatsiya vaqtida “Boko harom” radikal guruhining 200 ga yaqin jangarisini yöq qildi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, armiya jangarilarning Nigerning janubidagi Çad kölidagi pozitsiyalariga hujum qilgan. Operatsiya 28 dekabrda boşlangan. Niger armiyasi asosiy zarbani Komadugu daryosi vodiysidagi hamda Çad kölidagi orollardagi jangarilarga bergan.

Kuzatuvçilarning ma'lum qilişiça, jangarilar daryo va suv havzalari yaqinidagi botqoqli joylarda öziga panohgohlar va qurol saqlanadigan joylar taşkil etadi. Niger rasmiy vakillarining ta'kidlaşiça, operatsiya vaqtida armiya birorta talofat körmagan. 

Dekabr oyida Niger qöşni Nigeriyadagi vaziyatdan xavotir bildirgan. Nigeriyada 2018 yil davomida hukumat qöşinlari muntazam jangarilar hujumiga uçrab kelgan.