Nigerda 2023 yili hokimiyatni egallab olgan harbiylar yetakçisi Abdurahmon Tçiani 26 mart kuni mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirdi. U konstitutsiya örnini egallagan yangi xartiyaga muvofiq beş yillik ötiş davrida mamlakatni boşqaradi.
Şuningdek, Tçianiga armiya generali — mamlakatdagi eng oliy harbiy unvon ham topşirilgan. Associated Press’ning yozişiça, yangi prezident 2030 yilgaça, ya’ni ötiş davri oxiriga qadar hokimiyat tepasida qoladi.
Naşrga köra, avvaliga davlat töntarişidan keyin ötiş davrini uç yil etib belgilaş taklif qilingan, ammo Ğarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) uşbu taklifni rad etib, buni provokatsiya sifatida baholagan. Şundan keyin Niger Mali va Burkina-Faso bilan birga ECOWAS’ning keskin sanksiyalariga norozilik ramzi sifatida hamjamiyat tarkibidan çiqqan.
2023 yil 26 iyul kuni Niger prezident gvardiyasi qömondoni general Tçiani boşçiligidagi zobitlar guruhi demokratik yöl bilan saylangan prezident Muhammad Bazumni ağdarib, konstitutsiyaning amal qilişini töxtatib, mamlakatning barça konstitutsiyaviy hokimiyatlarini tarqatib yuborgandi. Tçiani özini Nigerning yangi rahbari deb e’lon qilgan.
Şundan keyin tergov Bazum hamda uning «mahalliy va xorijiy şeriklarini» «vatanga xiyonat qilgani, vakolatli milliy va xalqaro organlar oldida Niger içki va taşqi xavfsizligiga putur yetkazgani uçun» javobgarlikka tortiş uçun yetarli dalillar töplaşga muvaffaq bölgani ma’lum qilingan edi.













