Toşkentning «Lokomotiv» klubi «Paxtakor» yarimhimoyaçisi Jamşid Iskanderov bilan kelişuvga erişdi.
«Özining yorqin öyinlari orqali muxlislar e'tiboriga tuşgan ajoyib yarim himoyaçi 2019 yilgi mavsumda Osiyo çempionlar ligasi, Özbekiston çempionati va Özbekiston Kubogida «temiryölçilar» şarafini himoya qiladi», deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma'lumot uçun, Jamşid Iskanderov 2012 yildan buyon «Paxtakor» klubida töp surib kelayotgandi. U ötgan vaqt davomida «şerlar» safida 156 öyin ötkazgan va 20ta gol urgandi. Katta futbolga 2011 yili kirib kelgan futbolçi dastlab Samarqandning «Dinamo» safida ham öyinlarda maydonga tuşgandi.
Eslatib ötamiz, qişki transferlar vaqtida bungaça «Lokomotiv» 3 nafar futbolçini öz safiga qöşib olgandi. «Bunyodkor»dan serbiyalik hujumçi Filipp Rayyevatsni va yarimhimoyaçi Azizbek Haydarovni, OKMKdan hujumkor yarimhimoyaçi Yovan Jokiç transfer qilingandi. Öz navbatida, Özbekiston Superligasining amaldagi ğolibi tarkibini yarimhimoyaçi Ikrom Aliboyev va Sanjar Şoahmedov tark etgan, Aliboyev Janubiy Koreyaning «Seul» klubi a'zosiga aylangan, Şoahmedov «Terengganu» klubi bilan şartnoma imzolagan.












