Germaniyada vazirlar mahkamasi va partiyalar a'zolari, jurnalistlar, şuningdek, mamlakat kansleri Angela Merkel hamda federal prezident Frank-Valter Ştaynmayyer xakerlik hujumi qurboniga aylandi. Bu haqda Bild manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, hujumlar ötgan yil oktabr oyining oxiriga qadar davom etgan. Şu bilan birga, ular qaçon boşlangani va kim tomonidan taşkil etilgani aniq emas. Bu holatda Rossiya va Xitoy hujumlarga aloqador bölişi istisno etilmayapti. Bundan taşqari, Rossiya tomoni Germaniyaning ultraöng guruhlari bilan hamkorlik qilgan bölişi mumkin.

Mavjud xabarlarga köra, hozirgi vaqtda xakerlar öğirlangan ma'lumotlarning faqat bir qismini internetda joylaştirişgan. Mobil telefon raqamlari, şaxsiy elektron poçta manzillari, rasmiy va xususiy yozişmalar, maxfiy sözlar, şaxsiy fotosuratlar hamda hujjatlar öğirlangan. Hujum qurbonlari orasida Germaniya kansleri Angela Merkel ham bor. Hozirgi vaqtda mamlakatning barça asosiy partiyalari orasida jabrlanganlar borligi, faqat «Germaniya uçun muqobil»da bu holat kuzatilmayotgani ma'lum.

Eslatib ötamiz, avvalroq Merkel partiya rahbari lavozimini tark etgani, uning örnini partiya boş kotibi egallagani xabar qilingandi.