Iqtisodçi Yuliy Yusupov Facebook'dagi öz sahifasida ijtimoiy tarmoqlarda QQS joriy etilişi böyiça boşlangan jazava haqida post e'lon qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda QQSning joriy etilişi çakana narxlarga qanday ta'sir qilişi böyiça jazava boşlandi. Uşbu mavzu böyiça savodsiz fikrlaş kişini hayratga solmoqda. Lekin eng ajablantiradigan narsa şuki, jazava taşabbuskorlari odatda özini soliq maslahatçisi deb e'lon qiladigan odamlar bölib çiqyapti. Şu bilan birga, ular bir vaqtning özida kutilmagan savodsizlikni (soliqqa tortiş masalasida) va notöğri talqin etişga moyillikni körsatmoqda. 

Mana bunday jazavaga ikki misol:

fb.com/groups/pnk.uz/permalink/2002794946471368

fb.com/groups/pnk.uz/permalink/2002958479788348 », - deydi u.

Yuliy Yusupovning ta'kidlaşiça, köplab jazavalarga narxga kiritilgan QQS körsatilgan çek sabab böldi.

«Men oddiy kişi çekda «QQS» degan tuşunarsiz uçta harfni qandaydir summa körsatilgan holda körib, yangi soliqqa tortiş tizimiga ötilganidan söng aynan şu narx oşgan, deb qaror qilişini tuşunişim mumkin. Ammo, bunday bayonotni «soliq maslahatçisi» bersa, bunda yaxşilab baqirib berişni istab qolasiz. Kim-kim, lekin soliqqa tortiş böyiça mutaxassis çekda «QQS» bandi dökon tomonidan tovar narxiga ustamani emas, balki qöşimça qiymat zanjiri böyiça tölangan QQSning butun miqdorini anglatişini tuşunişi darkor. Ya'ni, dökon çekda körsatilgan summadan ilgari tölangan QQS böyiça oladi», - dedi iqtisodçi.

Iqtisodçining fikriga köra, agar QQS tölovçilari oldinroq zanjirda bölgan bölsa, endi yangi soliq tizimiga ötişda narxlar oşib ketmaydi. Ayrim hollarda esa u kamayişi mumkin, sababi QQSga ötiş yagona solik tölovi tölaşdan voz keçiş demakdir. Agar u çeklarda körsatilmagan, boz ustiga, qöşimça qiymat yaratilişining avvalgi bosqiçlarida tölovlar körsatilmagan bölsa, bu u bölmaganini anglatmaydi. Ya'ni, bir soliqni boşqasiga almaştiriş yuz berdi. Ba'zi hollarda soliq yuki (şunga qarab narx) oşişi mumkin, ba'zida u özgarmaydi, qaysidir birida esa hatto kamayadi.

«Soliq yuki (va narx) qayerda şubhasiz kötariladi? QQS bor joyda, lekin uni olib bölmaydi, sababi QQS zanjirining avvalgi iştirokçilari tölamaydi. Masalan, mahalliy işlab çiqarilgan qişloq xöjalik mahsulotlarida, uni qayta sotiş QQSdan ozod qilinmagan. QQSdan ozod qilingan (göşt, baliq, kartoşka, piyoz, tuxum, guruç, şakar, non mahsulotlari) yuk, aksinça, kamayadi», - deya qayd etib ötdi u.

«Balki bizning soliq maslahatçilarimiz QQS nima ekani va u qanday hisoblanişi hamda tölanişini bilmas. Ya'ni, bu yerda gap faqat savodsizlik haqida ketmoqda. Biroq, bu «ekspertlar»ning Soliq islohoti konsepsiyasi loyihasi muhokama qilingan va soliqqa tortişning yangi tizimiga ötiş köplab kiçik korxonalar uçun soliq yukini oşirmasligini körsatib beruvçi hisob-kitoblar qilingan maqolalarga havolasi savodsizlikdan, deb bölmaydi.

Bu maqolalarga havola qilgan kişilar ularda Kontseptsiyaning birinçi versiyasi, ya'ni 12 foizlik QQS va daromadga soliqlar hamda dividendlarni taqsimlanadigan daromadga soliqlarga almaştiriş nazarda tutilgan holatda qurilgan soliq tizimining modeli haqida söz yuritilganini bilmasliklari mumkin emas. Körsatilgan hisob-kitoblarga murojaat qiliş, ularni hozirgi vaziyatda qöllaş, oçiğini aytganda, adolatli emas. Va bu insofsizlikni savodsizlik, deb baholab bölmaydi. Bunday xatti-harakatlar boşqa söz bilan ifodalanişi kerak», - deya qayd etib ötdi ekspert.

Uning fikriça, aynan bugungi jazavalar yetakçilari Kontseptsiyaning birinçi versiyasini qöllab-quvvatlaş örniga, u böyiça şabaş uyuştirişdi. Bu holat şunga turtki berdiki, Kontseptsiyaning yakuniy variantida QQS 20% darajasida qoldi, taqsimlangan daromadga soliq haqidagi ğoya esa eşitilmadi.

«Endi esa heç qanday xijolat bölmasdan, savol berilmoqda: biznesga soliq yukini oşirmaslik böyiça va'dalar nima böldi? Bu haqda QQSni pasaytirişga va taqsimlanadigan daromadga soliq joriy etilişiga qarşi bölganlar, şuningdek, faqatgina «ular ham Kontseptsiyaga qarşi» bölgani uçun (savodsizligi va prinsip yetişmasligiga yana bir misol) bu kişilarni qöllab-quvvatlaganlardan sörang. Lekin ulardan sörab bölmaydi. Ular foş etiş va jazava bilan ovora. Umuman olganda, ular bir yildan beri bu holatdan çiqib keta olmayapti», - deya xulosa qilgan Yuliy Yusupov.