Adliya vazirligi qöşilgan qiymat soliğining «nol» stavkasi qöllanadigan qişloq xöjaligi mahsulotlari (paxta va ğalladan taşqari) röyxatini davlat röyxatidan ötkazdi.
Prezidentning 2025 yil 4 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan boşlab qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilari tomonidan yetiştirilgan paxta va ğalladan taşqari qişloq xöjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilişda QQSning «nol» foizlik stavkasi qöllanadi.
Şunga köra, QQSning «nol» stavkasi tatbiq etiladigan 516 turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari röyxati tasdiqlandi.
Mazkur röyxatga kiritilgan mahsulotlarni yetiştiriş uçun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar böyiça tölangan QQS summalari qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilariga avtomatlaştirilgan tartibda qaytariladi. Unga köra, mablağlar tadbirkorlarga uç kun içida ötkazib berilişi belgilangan.












