“Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” Özbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qiliş 2019/2020 öquv yilidan boşlab faqat sudyalik lavozimi zaxirasida bölgan şaxslar orasidan tanlov asosida Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar böyiça amalga oşiriladi.
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş kurslariga qabul qilingan şaxslar asosiy iş joyi böyiça lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun öqiş davri mobaynida saqlanadi.
Sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oşiriş Özbekiston Respublikasi Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oşiriladi.
Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilariga öqiş davomida asosiy iş joyi böyiça egallab turgan lavozimi va örtaça oylik iş haqi saqlanadi.












