Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari hukumatlari Örta yer dengizida qutqarilgan 49 muhojirni qabul qiliş böyiça kelişuvga kela olmayapti. Şu sababli muhojirlar 2 haftadan köproq vaqtdan beri nemis nohukumat taşkilotiga qaraşli Sea Watch kemasi bortida qolişmoqda va portga kirişga ruxsatni kutişmoqda. Nohukumat taşkiloti tvitterda kemadagi odamlar salomatligiga putur yetişi mumkinligini qayd qilgan. 

“Kema bortidagi köpçilik ovqatdan boş tortmoqda, odamlarning ruhiy holati yomonlaşmoqda. Bularning barçasi Yevropa sohillaridan bor-yöği bir neça mil uzoqlikda yuz berayotganiga aql bovar qilmaydi”, deb aytilgan xabarda.

49 kişi, jumladan 10 ayol va bolalar portga kirişga ruxsatni kutib, 17 kundan beri Malta suvlarida qolmoqda. Malta muhojirlarni qabul qilişdan boş tortmoqda. Rim ham nohukumat taşkilotlarining qutqarilgan muhojirlar bölgan kemalari uçun öz portlarini yopgan. Yevrokomissiyada ta'kidlanişiça, muhojirlarni qabul qiliş böyiça turli davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Italiya ötgan yozdanoq dengizda qutqarilgan muhojirlarni qabul qilmay qöygan. 

Hattoki Rim papasi Frantsisk Yevropa hukumatlariga muhojirlar masalasini tezroq hal qiliş çaqiriği bilan yuzlangan.