NASA’ning TESS  sun'iy yöldoşi Quyoş tizimidan taşqarida uçta tasdiqlangan ekzosayyorani aniqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, aniqlangan sayyoralardan biri Yerdan hajm böyiça uç barobar katta hamda 23 marta oğirroq keladi.

Ta'kidlanişiça, HD 21749b sayyorasi Yerdan 53 yoruğlik yilida joylaşgan.

Foto: NASA NASA/MIT/TESS

Şu bilan birga, uning yuzasidagi harorat Tselsiy böyiça 150 darajaga yetadi.

Avvalroq, SpaceX kosmosga ekzosayyoralar uçun teleskop-ovçi uçirgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qöngandi.