Zeromax kompaniyasining sobiq ijroçi direktori Mirodil Jalolov 8 yanvar kuni DXX tergov izolyatoridan ozod qilindi va uyiga qaytdi. Uning turmuş örtoği Fotima Jalolovaning ma'lum qilişiça, Jalolovga nisbatan qöllangan ehtiyot çorasi özgartirilgan.

U jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida garov evaziga qöyib yuborilgan. Şu bilan birgalikda, Jinoyat kodeksining 167-moddasi («özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş») va boşqa moddalari böyiça ayblov e'lon qilingan Mirodil Jalolovga nisbatan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etadi.

«Gazeta.uz» naşri huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbasiga asoslanib xabar qilişiça, sud Mirodil Jalolovni JKning 167-modda 3 qism «a» bandi («köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş»), 228-modda 2-qism «a» va «b» bandlari («Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib») hamda 228-modda 3-qismi («hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalaniş») böyiça aybdor deb topgan.

Sud qarori bilan sudlanuvçiga 17 687 040 söm (2 ming dollardan ortiqroq) miqdorida jarima jazosi qöllangan.

Ma'lumot uçun, Şveytsariyada röyxatga olingan Zeromax GmbH kompaniyasi 2005 yilda Özbekistonda öz faoliyatini boşlagan edi. Mazkur kompaniya Özbekiston qişloq xöjaligi, quriliş, töqimaçilik va paxta sanoati, transport, şuningdek, neft, gaz va oltin qazib çiqariş bilan şuğullangan, Özbekiston iqtisodiyotining keng jabhalari, jumladan oziq-ovqat, energetika va sport sohalarida ham faoliyat yuritgandi.

2010 yilning may oyida Özbekistonda Zeromax kompaniyasi faoliyati töxtatilgan, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilingan, hisob raqamlari muzlatilgandi. Xalq orasida «Odilboy» nomi bilan maşhur bölgan Mirodil Jalolov esa öşa yilning sentabr oyida qamoqqa olingandi.

Uning işi 2017 yilning 4 yanvarida ham körib çiqilgan, öşanda ham Mirodil Jalolov sud zalidan ozod qilingan, öşanda sud qarorida unga «yetkazilgan zararni qoplaş uçun vaqt berilgani» qayd etilgandi.

Lekin 2017 yilning martida u yana qamoqqa olingan va şu paytgaça DXX tergov izolyatorida saqlanayotgandi. Bu «davlatga yetkazilgan önlab million dollar zarar qoplanmagani» bilan izohlangandi.

Öz davrida Zeromax neft va gaz şirkati tarkibidagi UzGazOil yoqilği quyiş şoxobçalari bilan respublikada monopoliya örnatgandi.