«Muammolarimiz 2020 yil 14 yanvardan boşlandi. Sohadagi ayrim örta va katta rahbarlarning skeptik munosabati, injiqligi bizning işlarni töxtatişga olib keldi.
Aslida, bunda bizning ham aybimiz bor. Mana hozir buni ta’kidlaşim, aytişim kerak. Hozir işlab çiqariş korxonalaridan, xomaşyolarni yetkazib beruvçilardan, soliqning oldida qarzimiz bor. Bu qayerdan kelib çiqdi?
Ayni vaqtda kompaniyamizning taxminan 4,5 trln qarzdorligi bor. Bizga Özbekiston banklari 260 mln kredit berdi, şundan 150 mln.nini yopdik. Lekin foizlari qolgan, biz ularni öz vaqtida tölay olmadik. Bundan taşqari, işlab çiqarib, mahsulotni bizga yetkazib bergan korxonalar bor, ulardan ham qarzimiz qolgan. Taxminan 4,5 trln atrofida.
Bu intervyu Kun.uz saytida e’lon qilinadi. Şundan foydalanib men, avvalo, işçilarimizdan uzr söramoqçiman. Ularni qiynab qöydik. Kuçimizni töğri taqsimlolmadik. Tun-u kun şu işçilarni öylaymiz.

Hozir işçilarimizni bir savol qiynayapti: “Epsilon”ning kelajagi nima böladi? Işdan böşab ketamizmi? Qayerga boramiz?
Şuni aytişim kerakki, men bormanmi, yöqmanmi, bu kompaniya işlaydi. Mendan yaxşiroq, pragmatik rahbar kelar. Iş hammaga topiladi.
Davlatning oldida bajara olmayotgan majburiyatlarimiz bor, buning uçun uzr sörayman. Yuqorida aytganimdek, özimning ayrim kamçiliklarim va ayrim rahbarlarning injiqligi, skeptik munosabati korxonamizni şu ahvolga olib keldi.
Bu hayot. U kuraşlardan iborat. Kuraşlar har doim bölgan va böladi. Buning hisobi, rejasini qilolmagan rahbar yaxşi rahbar emas», – dedi Mirodil Jalolov.
Intervyuni töliq holda quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.






