Svet surunkali öçib turişi sabab ayniqsa mamlakatdagi kasalxonalarda ahvol oğirlaşib ketdi. Bemorlar operatsiyasi şam yoruğida qilinayotgani yoki muddatidan avval tuğilgan çaqaloqlarni vakuumga soliş uçun ham elektr yöqligi köringan videolar tarqalmoqda.
Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari vaqtinça yopilgan yoki uzilişlar bilan işlamoqda.
Şu kabi muammolar fonida ijtimoiy tarmoqlar odamlarning elektr va isitiş ta’minotidan norozilik postlariga töldi. Ular elektr va gazga ajratilayotgan pullar, sohadagi kompaniyalarga berilayotgan imtiyozlar, yildan yilga oşib borayotgan subsidiyalardan foyda bölmayotganini hukumatning yuziga solmoqda.
Lekin hozirça biror bir rasmiy yuzaga kelgan inqirozning batafsil şarhi va yeçimlar haqida gapirmadi.
Özbekistondagi elektr va gaz yetişmovçiligi – çuqur, tizimli muammolar natijasi. Energetika tizimi xususiylaşmagan, sohada davlat monopoliyasi amal qiladi. Xususiy investitsiyalar yöqligi bois tizim texnik jihatdan eskirgan. Buning ustiga, mamlakat milliy manfaatlariga zid tuzilgani aytiladigan xalqaro şartnomalar, korrupsiya kölami balandligi, gaz quyiş şoxobçalaridagi katta öğriliklar, katta hajmda energiya iste’mol qiluvçi samarasiz davlat korxonalari va zavodlar. Bu kabi masalalar hal qilinmas, qayta körib çiqilmas ekan, soha önglanmaydi, muammolar esa yeçilmaydi.
Ammo hozir jim turib yo kutib ötirib ham bölmaydi. Hukumat katta masalalar yeçimidan avval odamlarni endigina kirib kelgan şu qişdan çiqariş çoralarini körişi kerak. Xöş, energiya ta’minotini yaxşilaş borasida bugun qanday şoşilinç çoralar körilişi kerak?
Kun.uz muxbiri bu borada sohaning bugungi holatidan xabardor bir neça suhbatdoşdan fikrlarini söradi.
Alişer Qodirov, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari

Birinçidan, yöqotişlar, zarar va avariyalar bölsa ham, avvalgi yillarda qilinganidek gaz va elektr uzatiş mumkin bölgan darajada uzatişda davom etiş kerak.
Ikkinçidan, yetkaziş imkonsiz bölgan joylarga xokimlarni şaxsan javobgarligini belgilagan holda kömir va suyultirilgan gaz yetkazib beriş kerak. Yetarli darajada kömir va suyultirilgan gaz sotib olişni energokompaniyalar ta’minlaşi kerak.











