Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari notarial xizmatlardan foydalanganligi uçun davlat bojini tölaşdan ozod qilingan edi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Biroq, mazkur şaxslar notarial harakatni rasmiylaştirganda huquqiy maslahat berganlik, hujjatlar loyihasini tuzganlik va mol-mulkka nisbatan taqiq tekşirilganligi uçun haq undiriş masalasi oçiq qolgan edi.
Endilikda 2019 yilning 10 yanvaridan boşlab aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hamda ayrim taşkilotlar notariusga murojaat qilganda huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar uçun haq tölaşdan ozod qilindi.
Uşbu özgartiriş prezident tomonidan 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” deb e'lon qilinişi munosabati bilan Adliya vazirining joriy yil 9 yanvar kuni imzolangan buyruğiga asosan tatbiq etilmoqda.
Misol uçun, bugunga qadar pensiyadagi şaxs pensiya pullarini oliş uçun biror şaxsga işonçnoma berganda notariuslar tomonidan eng kam oylik iş haqining 15 foizi, ya'ni 30 409 söm miqdorida pullik xizmat undirib kelingan edi.
Bundan buyon, nafaqadagi şaxs pensiya pullarini oliş uçun işonçnoma berganda notariuslar tomonidan heç qanday tölovlar undirilmasligi belgilandi.
Ma'lumot uçun: 2018 yil davomida jami 117 102 ta bunday turdagi işonçnomalar tasdiqlangan bölsa, undiriladigan huquqiy va texnik tusdagi harakatlar uçun tölov miqdori 2 mlrd. 374 mln. sömni taşkil etgan.
Şuningdek, notarial xizmatlar uçun tölanadigan pullik xizmat tölovlaridan ozod qilinadigan şaxslar toifalariga ham aniqlik kiritildi. Bular:
Fuqarolar:
─ pensiyalar va nafaqalarni oliş uçun zarur bölgan, şuningdek vasiylik qiliş va farzandlikka oliş töğrisidagi hujjatlarning nusxalari tasdiqlaganda;
─ mol-mulkni davlat foydasiga vasiyat yoki hadya qilganda;
─ Vatanni himoya qiliş çoğida halok bölgan şaxslarning mol-mulki uçun meros guvohnomalar berganda;
─ meros qoldiruvçi bilan bitta uyda doimiy röyxatda bölgan va uning vafotidan keyin xam şu manzilda yaşayotgan şaxslarga meros guvohnomalar berganda;
─ meros qoldiruvçining intellektual mulk huquqlari uçun meros guvohnomalar tasdiqlaganda;
─ banklardagi omonatlar, suğurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uçun, iş haqi summalari uçun meros guvohnomalar tasdiqlaganda;
─ pensiyalar va nafaqalar oliş uçun işonçnomani tasdiqlaganda;
─ surunkali ruhiy kasallikka çalinganlarning vasiylariga mol-mulkka vorislik guvohnoma berganda;
─ işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisada vafot etgan xodimning iş beruvçi hisobidan suğurtalangan puliga meros guvohnoma berganda;
─ 1941—1945 yillardagi uruş, Afğoniston Respublikasida baynalmilal va Çernobil AESining avariya oqibatlarida qatnaşgan şaxslar hamda halok bölgan yoki bedarak yöqolgan şaxslarning oila a'zolariga imtiyozlar berilişi uçun hujjatlarning nusxalarini tasdiqlaganda.
─ fermer va dehqon xöjaligida işlayotgan merosxörlarga uşbu xöjalikka tegişli mol-mulk böyiça merosga bölgan huquq töğrisida guvohnoma berganda;
─ kommunal xizmatlar tölovi böyiça qarzlarni undiriş yuzasidan ijro yozuvlarini tasdiqlaganda;
─ mualliflik huquqi mukofotlarini undirişga qaratilgan ijro yozuvlarini amalga oşirganda;
─ suğurta pullarini undiriş yuzasidan merosga bölgan huquq töğrisida guvohnoma tasdiqlaganda.
Taşkilotlar:
─ soliq va moliya organlariga davlatning mol-mulkiga nisbatan meros guvohnomalar berganda;
─ maktab-internatdagi va ixtisoslaştirilgan maktablardagi öquvçilarning ota-onalaridan maktab ta'minoti uçun qarzlarni undiriş böyiça ijro yozuvlarini amalga oşirganda.
Joriy etilayotgan uşbu yangilik aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga imtiyozli tarzda notarial xizmatlar körsatişga imkon beradi, deyiladi vazirlik xabarida.












