Öz içida 9ta yönalişni qamrab ol​gan milliy madaniyat töğrisidagi konsepsiya soha istiqbolini belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev konsepsiya doirasida Vazirlar Mahkamasining 5ta qaror loyihasi, 6ta turli yönalişdagi taklif işlab çiqilib, hukumatga kiritiş belgilangani ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirga köra, 2019 — 2022 yilda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta'mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli röyxatlari  tasdiqlandi. 

«2013 yilda şu töğrisida VM qarori çiqqan bölib, bunday ta'mir işlari mahalliy hokimliklar vazifasiga kiritilgan edi. Lekin bu narsa amalga oşgani yöq. 2019-2020 yillarda şunga asosan 147ta obektda  ta'mirlaş işlarini amalga oşiramiz. 26 ta yangi obekt quriladi, 45 ta obekt rekonstruksiya, 26 ta obekt kapital ta'mirdan çiqadi», – deydi Sayfullayev.

Ma'lum qilinişiça, samarasiz faoliyat yuritilayotgan madaniyat markazlari faoliyatini maqbullaştiriş töğrisida Hukumat qarori loyihasini işlab çiqildi. 

«Respublika böyiça 74ta samarasiz faoliyat yuritayotgan markazlar tugatiladi. Ilgari binosi yaroqsiz holatga kelib qolgan markazlar boşqa binolarda faoliyat körsatardi, deyarli işlamasdi desa ham böladi. Endi şunga köra 897ta emas, 823ta markaz qoladi. 2019 yilning 1 fevraliga qadar madaniyat markazlari töğrisidagi nizom, markazlar faoliyatining samaradorligini baholaş mezonlari hamda badiiy tögarak rahbarlarini mehnat faoliyati natijasi asosida rağbatlantiriş tartibini tasdiqlaş belgilangan.

2019 yilning birinçi çoragida madaniyat markazlarida faoliyat samaradorligini baholaş mezonlarini, tögarak, studiya va jamoalar faoliyatini taşkil etiş, pulli xizmatlarni yölga qöyiş töğrisidagi nizomni tasdiqlaymiz», – deb qöşimça qilgan u.