“Yengil turdagi qurilmalarni joylaştiriş uçun muddatli (vaqtinçalik) foydalaniş huquqi asosida yer uçastkalarini ajratiş tartibi töğrisida”gi Toşkent şahar hokimining qarori qabul qilindi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qaror bilan “Yengil turdagi qurilmalarni joylaştiriş uçun muddatli (vaqtinçalik) foydalaniş huquqi asosida yer uçastkalarini ajratiş tartibi töğrisida” nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, obektni joylaştiriş uçun yer uçastkasini ajratib beriş masalasida ariza kelib tuşgan kundan boşlab bir oy muddatda körib çiqiladi.

Xususan, yer uçastkalari uzoq muddatli 3 yildan kam bölmagan va 10 yildan oşmagan muddatga vaqtinça foydalanişga beriladi.

Yer uçastkasi böyiça materiallarni tayyorlaş va kelişiş Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi tomonidan amalga oşiriladi.