Vazirlar Mahkamasining “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratiş va joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining madaniyat va san'at muassasalarida blokçeyn texnologiyasidan foydalangan holda Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimini (BOYaET) işlab çiqiş va joriy etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilab qöyilişiça:
BOYaETda blokçeyn texnologiyasidan içki jarayonlarni optimallaştiriş va BOYaETga ulanadigan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladigan bilet operatsiyalari şaffofligini oşiriş, BOYaET foydalanuvçilari tomonidan amalga oşirilgan operatsiyalar töğrisidagi ma'lumotlar töliqligini ta'minlaş, şuningdek, BOYaET doirasida foydalanuvçilar va yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladigan faoliyat böyiça ma'lumotlar hisobga olinişining şaffofligini oşiriş va optimallaştiriş bilan boğliq bölgan boşqa maqsadlarda foydalaniladi;
madaniyat va san'at sohasida, şuningdek, biletlar emissiyasi bilan boğliq bölgan boşqa sohalarda, şu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, şuningdek, tadbirlarga boriş uçun elektron biletlar sotiş servislari va xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş böyiça faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari mazkur qarorda belgilangan tartibda BOYaETga ulaniş huquqiga ega;
Jamğarma BOYaET işlab çiqilişi böyiça davlat buyurtmaçisi bölib, BOYaET işlab çiqilişi, joriy qilinişi va işlaşi uçun zarur bölgan işlar, xizmatlar, mahsulotlar davlat xaridi uçun, şu jumladan qonunçilikda belgilangan tartibda BOYaET işlab çiquvçisini, uskunalar, şuningdek, BOYaET işlaşini ta'minlaş, modernizatsiya qiliş, keyingi rivojlanişi uçun boşqa tovar va xizmatlar yetkazib beruvçisini tanlaş, şuningdek, BOYaET foydalanuvçilari - yuridik va jismoniy şaxslarning ulanişi va ularga xizmat körsatilişi böyiça davlat buyurtmaçisi hisoblanadi.
Jamğarma:
2020 yilning 1 yanvarigaça bölgan muddatda öz mablağlari hisobiga BOYaET yaratilişi va işga tuşirilişini ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2020 yilning 1 apreligaça bölgan muddatda BOYaET doirasida internet-ekvayringni qöllab xorijiy valutada elektron tölov va elektron biletlar sotib olişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etadi.
Elektron bilet sotiş uçun mazkur tizimga ulaniş sxemasi quyida keltirilgan:













