Xitoylik jarroh Luo Şanpeng 20 soat betinim işlab, 5 ta murakkab operatsiya ötkazgaç, navbatdagi operatsiya vaqtida iş joyida uxlab qoldi. Hamşiralardan biri uyqudagi jarrohni suratga olib, suratni ijtimoiy tarmoqda joylaştirgaç, u ommalaşib ketdi.
Daily Mail naşrining ma'lum qilişiça, Guyçjou viloyatidan bölgan jarroh 5 ta operatsiya ötkazib, endi dam olmoqçi bölganda şifoxonaga qöli göştqiymalagiçda burdalanib ketgan erkak olib kelingan. Jarroh operatsiyani keyinga qoldiriş mumkinmasligini tuşungan va öta toliqqaniga qaramay bemorga yordam berişga bel boğlagan. Oxir-oqibat şifokor bemajollanib, jarrohlik stoli yonida bemorning tikilgan qölini uşlagança dong qotgan.
“Men birozga közimni yumib, dam olmoqçi edim. Ammo uxlab qolaman deb kutmagandim”, deb aytgan jarrohning özi.
WeChat ijtimoiy tarmoğida tarqalgan surat foydalanuvçilarni hayratlantirgan. Ularni jarroh uyqusida ham bemorning tikilgan qölini töğri uşlab turganiga tahsin aytişgan. Keyinroq operatsiya muvaffaqiyatli ötgani va bemor tuzalayotgani ma'lum bölgan.












