Reportaj: Çirçiqda tuğilgan siam egizaklariga şifoxonadan uyiga javob berildi
|01:15 / 12.10.202516 40710 min
Avgust oyida özbek şifokorlari siam egizaklarini ajratişdek murakkab operatsiyaga qöl urib, uni muvaffaqiyatli yakunlaşgan. Şundan keyin bir yarim oy şifoxonada qolgan çaqaloqlar hozirda uyiga qaytgan. Kun.uz muxbiri Ohangaronda bölib, Fotima va Zuhraning holidan xabar oldi, ularni ajratgan professor Baxtiyor Ergaşev bilan suhbatlaşdi.
25 avgust kuni professor Baxtiyor Ergaşev boşçiligidagi şifokorlar noyob operatsiya ötkazdi. Ular Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toşkent viloyati filialida muddatidan oldin tuğilgan siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratib olişdi.
9 oktyabr kuni Kun.uz muxbiri 1,5 oy şifoxonada bölib uyiga qaytgan egizaklar holidan xabar oldi. Guvohi böldikki, qizaloqlarning holati yaxşi. Ular oğiz orqali ham ovqatlana boşlaşgan va asta-sekin vazn töplaşyapti.
Egizaklarning onasi Öğiloy Abdusamadovaning aytişiça, homilaning 20-22 haftaligida Olmaliqda skrining tekşiruvlaridan ötgan. Unda şifokorlar qorin böşliğida nimadir börtib turganini aytib, Toşkent şahrida qayta körikdan ötişni tavsiya qilgan.
“Keyin 23-24 haftaligida Toşkentga skriningga bordim. Öşa paytda siam egizaklar ekanini bildim. Töğrisi, men şokka tuşib qoldim.
Keyin Odil Alişeroviçga (Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toşkent viloyati filiali şifokori– tahr.) bordik. U farzandlaringiz içaklari bir-biri bilan birlaşgan, dedi. Siam egizaklarining köp turlari yaşamas ekan, yaşamaydi deb ham aytişdi. Töğrisi, men boşqaça holatda edim. Kutdim ularni. Operatsiyadan yaxşi çiqdi. Oldirib taşla, deganlar ham böldi. Lekin katta bölib qolgani uçun közim qiymadi”, – deydi Abdusamadova.
Egizaklarning otasi Farrux Abdusamadov ham ayrim şifokorlarning gaplariga qaramasdan, bolalarni saqlab qolişga intilgan.
“Odil Alişeroviç Baxtiyor Berdaliyeviçni tavsiya qildi. Baxtiyor akani bizga Xudoning özi yetkazdi. Baxtiyor aka bilan uçraganimizda: “Avvalambor, buyoği Xudodan, lekin qilamiz, bundan oldin ham şunday operatsiyani qilganman”, dedi.
Tuğruq kuni Toşkentdagi şifoxonalarga olib borişning imkoni bölmadi: Baxtiyor aka 3-4 ta şifoxonaga özi telefon qildi, çaqaloqlarni heç kim olişni xohlamadi. Keyin şu yerda öşa Çirçiqning direktori Doniyor aka (
Mavzuga oid
Doniyor Asadov – Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toşkent viloyati filiali direktori
– tahr.
): “Bizda qiling, nima şaroit kerak bölsa, qilib beramiz”, dedi va bizga şaroitlarni yaratib berdi”, – deydi ota.
25 avgust kuni ertalab egizaklar homiladorlikning 33-34 haftasida kesarça kesiş yöli bilan olinadi. Oradan 9 soat ötib, ular muvaffaqiyatli ajratiladi. Abdusamadovning sözlariga köra, hozir egizaklarning ahvoli yaxşi, kesilgan joylari bityapti.
“Özbekistonda Baxtiyor akaga öxşagan doktorlar köpayaversin. Çirçiqdagi doktorlarga gap yöq. Çunki özimizda töpolon böldi-da. Bu bolani oldirib taşla, degan doktorlar ham böldi. “Bugun qoladi, olib taşlaymiz”, deyişdi. Qanday olib taşlaysiz, bu bolaning yuragi urib turgan bölsa? Tört muçasi soğ. Rostini aytsam, yuragim doş bermadi. Oldirmaymiz deb qarşilik qildik”, – deydi u.
Abdusamadovlarning egizaklardan taşqari 1,5 yoşli qiz farzandi ham bor. U öz muddatida, soğlom tuğilgan. Şu tariqa, oila endi uç nafar qiz farzandni ulğaytirmoqda.
Özbekistonda birinçisi emas
Tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergaşevning aytişiça, Çirçiqdagi siam egizaklari operatsiyasi Özbekistonda yagona emas.
Jarrohning sözlariga köra, birinçi operatsiya 2008 yilda Xirurgiya ilmiy-amaliy markazida rossiyalik mutaxassislar iştirokida ötgan. Ammo jarrohlik amaliyotidan köp ötmay, xorazmlik Hasan-Husanlardan biri vafot etgan. Navbatdagi operatsiya 2022 yil Respublika perinatal markazida qirğizistonlik siam egizaklarida olib borilgan. Qiz egizaklar 7 oylik muddatda bitta jigar bilan tuğilgan. A’zo muvaffaqiyatli ajratilgan bölsa-da, egizaklarning Zuhrasi 2023 yilda şamollab, mahalliy şifoxonada hayotdan köz yumgan. Fotima esa ayni paytda 3 yoşdan ötgan, u soğlom, Ergaşev qabuliga kelib turadi.
“Mana bu uçinçi holat, bizning Respublika perinatal markaziga murojaat qilişdi. Unda siam egizaklarining omfalopag turini kördik: içaklar bir-biriga yopişib turgan edi. Ota-onasiga özimning fikrimni aytdim, ya’ni ajratiş imkoni bor, lekin har qanday holat bölişi mumkin. Ölim holati ham. Ular uyida maslahatlaşib, bolalarni saqlab qolişga qaror qilişdi.
Bizning markazimiz sanitar tozalaş uçun vaqtinçalik yopilgan edi, öşanda homilaning 34 haftaligida ayolda suv ketib qolişi kuzatilgan va ular menga telefon qilişdi. Men hozir bizlar yopiqmiz, Çirçiq şahriga murojaat qiling, deb aytdim.
Ular u yerga borganidan keyin markaz direktori Doniyor Alişeroviç menga telefon qilib, homilador ayolda haqiqatda suv ketayotgani va bolalarni kesarça yöli bilan oliş zarurligini aytdi. Şu kuni 25 avgust edi. Şuni hal qilinglar, men özim boraman, dedim. Soat 10:00 larda operatsiyani amalga oşirişdi va men yetib bordim. Bolalarni tekşirganimda ahvoli oğir edi. Nafas yetişmovçilik belgilari borligi uçun ularni SIPAPga olişgandi. Bolalarni boşqa şifoxonaga ötkaziş imkoniyati yöq edi”, – deydi Baxtiyor Ergaşev.
Uning sözlariga köra, yöğon içak ham, siydik qopi ham birligi murakkab holatni keltirib çiqargan.
“Yöğon içak yana siydik qopining içiga oçilgan, juda ham murakkab holat. Biz barçasini bartaraf etdik, şu qon tomirlarini qoldirib, operatsiyani muvaffaqiyatli tamomladik. U 5 soat davom etdi. Men özim har kuni yoki kunora bemorlardan xabar olib turdim. Asta-sekin bolalar holati barqarorlaşib, ular ovqatlanişga ötdi. Boşida zond orqali, keyin mustaqil ravişda. Bolalarning tuğilgandagi umumiy vazni 3 400 gramm edi. Hozirga kelib har birining vazni 2 800 grammni taşkil qiladi. Bolalarning ahvoli yaxşi”, – deydi şifokor.
Professorning ma’lum qilişiça, bolalar 6 oylik yoki 1 yoşga yetganda hayot sifatini yaxşilaş uçun yana bir jarrohlik amaliyotini ötkazadi.
“Bunda anorektal anomaliyani bir paytning özida operatsiya qiliş bolalarga juda oğirlik qiladi. Şuning uçun biz bu operatsiyani keyingi bosqiçga qoldirdik”, – deydi u.
Baxtiyor Ergaşevning sözlariga köra, qizaloqlar jamiyatning tölaqonli a’zosiga aylanib keta olişadi, çunki ulardagi mavjud nuqsonlarni butunlay korreksiya qiliş mumkin.
Professor siam egizaklari vujudga kelişiga sabab böladigan omillarni sanab berdi.
Unga köra, yaqin qarindoşlar örtasidagi nikoh, ekologiya, viruslar, TORÇ infeksiyalar, homiladorlikning ilk haftalaridagi stress holatlari oqibatida homiladorlikning birinçi uç oyligida hujayralarning böliniş davri buzilişi mumkin.
Şifokor olmaliqlik siam egizaklarining avlodida egizaklar köpligi, xususan ularning buvisi ham egizak bölganini aytadi.
Homiladorlikka alohida tayyorgarlik kerak
Farzand köriş niyatidagi oilalar tuğilajak farzandning salomatligi haqida ayol hali homilador bölmagan paytdanoq öylay boşlaşi kerak, deydi Baxtiyor Ergaşev.
Uning sözlariga köra, foliy kislotasi, yod preparatlari va “Elevit” kabi vitaminlar majmuasi homiladorlikka tayyorgarlik bosqiçidayoq foydali bölişi mumkin. “Men doimo aytaman, homilador ayol umuman boşqa ayol”, deydi Ergaşev.
Tuğma nuqson – nogironlik emas
Baxtiyor Ergaşev suhbat davomida tuğma nuqsonlar haqida gapirdi.
“Yevropada ham, boşqa rivojlangan davlatlarda ham bolalar jarrohligining asosida tuğma nuqsonlar operatsiyasi yotadi. Tuğma nuqson degani bu bola nogiron degani emas. Tuğma nuqsonlarning bor-yöği 10 foizi bor, öşalar bolani nogironlikka olib kelişi mumkin. Qolgan 90 foizi öz vaqtida operatsiya qilinsa, ular jamiyatning tölaqonli a’zosi böladi.
Butun dunyoda bolalar jarrohligida ötkazilayotgan operatsiyalarning deyarli 80 foizi tuğma nuqsonlardan amalga oşiriladi. 20 foizi bu orttirilgan bölişi mumkin”, – deydi tibbiyot fanlari doktori.
Ergaşevning qayd etişiça, agar homilada anensefaliya (boş miya yöqligi), Potter sindromi (buyraklar mavjud emasligi) kabi fatal nuqsonlar bölsa, ularni operatsiya qilib tuzatib bölmaydi. Bunday holatlar homilaning 23-haftasigaça aniqlanib, töxtatilişi kerak.
Bu muddatdan ötib ketsa, farzand tuğma nuqsonlar bilan tuğilişi mumkin. “Bunday holatlarda oxirgi qarorni ota-ona qabul qiladi. Bizning haqqimiz yöq uni majburlab oldirib taşlaşga. Ayrim bolalarni operatsiya qiliş imkoni bor, lekin operatsiyadan keyin uzoq davrlik reabilitatsiya talab etiladi. Yoki butun umrga nogiron bölişi mumkin. Ba’zi holatlarda qanaqa nuqson bölsa ham, “oldirib taşla, oldirib taşla”, deydiganlar bor. Men bunga qarşiman. Har bitta holatga individual yondaşiş kerak”, – deydi şifokor.
Uning sözlariga köra, Özbekistonda uçragan bir holatda homilaning 28 haftaligida Daun sindromi topilgan.
“Aslida bu juda keç, 23 haftagaça bu kabi nuqsonlarni aniqlaş kerak. 28 haftada aniqladik. U tirik-ku, töxtatib qöymaysiz, bu jinoyat. Endi u tuğilişi kerak. Nima uçun skrining tekşiruvlarida erta aniqlanmagan, degan savolni qöyiş kerak”, – deydi Baxtiyor Ergaşev.
Professor siam egizaklarga xavf sifatida qaramaslikni tuşuntirdi. Şunday çaqaloqlar tuğilsa, ularni operatsiya qiliş imkoniyatlarini körib çiqiş va skrining tekşiruvlarini yaxşi yölga qöyiş kerak, deydi u.